Oldingi
tahrirga qarang.
Mulk huquqi bekor qilinganda olib qo‘yilayotgan
mol-mulkning qiymati, agar
qonunchilikda boshqacha tartib o‘rnatilgan bo‘lmasa, baholovchi
tashkilot tomonidan mulk
huquqi bekor qilingan paytda belgilanadi.
(205-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Olib qo‘yilgan mol-mulkning qiymatini mulkdorga to‘lash
bahosi haqida mulkdor sudga
e’tiroz bildirishi mumkin.
Mulkdor mol-mulkining olib qo‘yilishi munosabati bilan yetkazilgan
boshqa zararlarni
to‘lashni ham talab qilishga haqli.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning
199
,
202 — 204-moddalari
, O‘zbekiston Respublikasining “Baholash
faoliyati to‘g‘risida”gi
Qonuni
, O‘zbekiston Respublikasining 02.05.2012-yildagi “Tadbirkorlik faoliyati
erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunining 23-moddasi
beshinchi qismi
.
Do'stlaringiz bilan baham: