O‘zbekiston respublikasining fuqarolik kodeksi birinchi qism I bo‘lim umumiy qoidalar 1-Kichik bo‘lim asosiy qoidalar


-modda. Qarzni nizosiz tartibda undirib olish


Download 1.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/212
Sana14.11.2023
Hajmi1.68 Mb.
#1772292
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   212
Bog'liq
21.12.1995. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) (1)

200-modda. Qarzni nizosiz tartibda undirib olish
Oldingi
 tahrirga qarang.
Majburiyatlar bo‘yicha qarzni, shu jumladan budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzni nizosiz
tartibda undirib olishga qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda yo‘l qo‘yiladi.
(200-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Mulkdor nizosiz tartibda undirib olish to‘g‘risidagi qarorga rozi bo‘lmagan taqdirda sudga
murojaat qilishga haqli.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi (yangi tahriri) 
121-moddasi
, O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentning 09.08.1996-yildagi “Budjet bilan hisob-kitoblar uchun xo‘jalik yurituvchi
subyektlarning mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-1504-son Farmoni 2-bandining
ikkinchi xatboshisi
, Prezidentning 01.11.2007-yildagi PQ-722-son Qarori bilan tasdiqlangan “Ijro yig‘imini
undirish va foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi 
Nizom
.
201-modda. Qimmatbaho metallar va toshlarga mulk huquqining vujudga kelish
hamda bekor bo‘lish xususiyatlari
Oldingi
 tahrirga qarang.
Xom va ishlov berilgan qimmatbaho metallar va toshlarga (zargarlik va boshqa maishiy
buyumlardan tashqari) mulk huquqining vujudga kelish hamda bekor bo‘lish xususiyatlari
qonunchilik bilan belgilab qo‘yiladi.
(201-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)


 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
164

167 — 169-moddalari
, 13.02.2003-yildagi 75-son qaror bilan
tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalari”ning 
VIII bo‘limi
.

Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling