196-modda. Xazina
Egasi aniqlanishi mumkin bo‘lmagan yoki qonunga binoan huquqlarini yo‘qotgan xazina,
ya’ni erga ko‘milgan yoki boshqacha usulda yashirilgan pul yoxud qimmatbaho buyumlar xazina
yashirib qo‘yilgan mol-mulk (yer uchastkasi, imorat va shu kabilar) mulkdori bo‘lgan shaxs va
xazinani topgan shaxs mulkiga, agar ular o‘rtasidagi kelishuvga muvofiq boshqacha tartib
belgilangan bo‘lmasa, teng ulushlarda o‘tadi.
Xazina u yashirib qo‘yilgan yer uchastkasi yoki boshqa mol-mulk egasining roziligisiz
qazishma ishlarini olib borgan yoki boylik qidirgan shaxs tomonidan topilgan taqdirda, bu
xazina u topilgan yer uchastkasining yoki boshqa mol-mulkning egasiga topshirilishi kerak.
Oldingi
tahrirga qarang.
Moddiy madaniy meros obyektlari jumlasiga kiradigan ashyolardan iborat xazina topilgan
taqdirda, ular davlat mulkiga topshirilishi kerak. Bunda xazina yashirib qo‘yilgan yer uchastkasi
yoki boshqa mol-mulkning egasi va xazinani topgan shaxs birgalikda xazina qiymatining ellik
foizi miqdorida mukofot olish huquqiga egadirlar. Agar ular o‘rtasidagi kelishuvda boshqacha
tartib belgilangan bo‘lmasa, mukofot bu shaxslar o‘rtasida teng ulushlarda taqsimlanadi.
(196-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi O‘RQ-476-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
Bunday xazinani u yashirib qo‘yilgan mol-mulk egasining roziligisiz qazishma ishlarini olib
borgan yoki boylik qidirgan shaxs topib olsa, bu shaxsga mukofot to‘lanmaydi va xazina
batamom mulkdorning ixtiyoriga o‘tadi.
Xazina topish uchun qazishma va qidiruv ishlarini olib borish mehnat yoki xizmat
vazifalariga kiradigan shaxslarga nisbatan ushbu moddaning qoidalari qo‘llanilmaydi.
197-modda. Mulk huquqining bekor bo‘lish asoslari
Oldingi
tahrirga qarang.
Mulk huquqi mulkdorning ixtiyoriy suratda majburiyatni bajarishi, mulkdorning mol-mulk
taqdirini hal qiladigan bir tomonlama qaror qabul qilishi, sud qarori asosida mol-mulkni olib
qo‘yish (sotib olish) yo‘li bilan, shuningdek mulk huquqini qonun asosida bekor qiluvchi
qonunchilik hujjatiga asosan bekor bo‘ladi.
(197-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 7-noyabrdagi O‘RQ-801-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.11.2022-y., 03/22/801/0998-son)
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning
164
,
198 — 206-moddalari
, O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksi
36-moddasining
uchinchi qismi
, O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi
kodeksining
27-moddasi
, O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat protsessual kodeksining
211
,
289-
moddalari
.
Do'stlaringiz bilan baham: |