O‘zbekiston respublikasining fuqarolik kodeksi birinchi qism I bo‘lim umumiy qoidalar 1-Kichik bo‘lim asosiy qoidalar


Download 1.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/212
Sana14.11.2023
Hajmi1.68 Mb.
#1772292
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   212
Bog'liq
21.12.1995. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) (1)

196-modda. Xazina
Egasi aniqlanishi mumkin bo‘lmagan yoki qonunga binoan huquqlarini yo‘qotgan xazina,
ya’ni erga ko‘milgan yoki boshqacha usulda yashirilgan pul yoxud qimmatbaho buyumlar xazina
yashirib qo‘yilgan mol-mulk (yer uchastkasi, imorat va shu kabilar) mulkdori bo‘lgan shaxs va
xazinani topgan shaxs mulkiga, agar ular o‘rtasidagi kelishuvga muvofiq boshqacha tartib
belgilangan bo‘lmasa, teng ulushlarda o‘tadi.
Xazina u yashirib qo‘yilgan yer uchastkasi yoki boshqa mol-mulk egasining roziligisiz
qazishma ishlarini olib borgan yoki boylik qidirgan shaxs tomonidan topilgan taqdirda, bu
xazina u topilgan yer uchastkasining yoki boshqa mol-mulkning egasiga topshirilishi kerak.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Moddiy madaniy meros obyektlari jumlasiga kiradigan ashyolardan iborat xazina topilgan
taqdirda, ular davlat mulkiga topshirilishi kerak. Bunda xazina yashirib qo‘yilgan yer uchastkasi
yoki boshqa mol-mulkning egasi va xazinani topgan shaxs birgalikda xazina qiymatining ellik
foizi miqdorida mukofot olish huquqiga egadirlar. Agar ular o‘rtasidagi kelishuvda boshqacha
tartib belgilangan bo‘lmasa, mukofot bu shaxslar o‘rtasida teng ulushlarda taqsimlanadi.
(196-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi O‘RQ-476-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
Bunday xazinani u yashirib qo‘yilgan mol-mulk egasining roziligisiz qazishma ishlarini olib
borgan yoki boylik qidirgan shaxs topib olsa, bu shaxsga mukofot to‘lanmaydi va xazina
batamom mulkdorning ixtiyoriga o‘tadi.
Xazina topish uchun qazishma va qidiruv ishlarini olib borish mehnat yoki xizmat
vazifalariga kiradigan shaxslarga nisbatan ushbu moddaning qoidalari qo‘llanilmaydi.
197-modda. Mulk huquqining bekor bo‘lish asoslari
Oldingi
 tahrirga qarang.
Mulk huquqi mulkdorning ixtiyoriy suratda majburiyatni bajarishi, mulkdorning mol-mulk
taqdirini hal qiladigan bir tomonlama qaror qabul qilishi, sud qarori asosida mol-mulkni olib
qo‘yish (sotib olish) yo‘li bilan, shuningdek mulk huquqini qonun asosida bekor qiluvchi
qonunchilik hujjatiga asosan bekor bo‘ladi.
(197-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 7-noyabrdagi O‘RQ-801-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.11.2022-y., 03/22/801/0998-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
164

198 — 206-moddalari
, O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksi
36-moddasining 
uchinchi qismi
, O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi
kodeksining 
27-moddasi
, O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat protsessual kodeksining 
211

289-
moddalari
.

Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling