O‘zbekiston respublikasining fuqarolik kodeksi birinchi qism I bo‘lim umumiy qoidalar 1-Kichik bo‘lim asosiy qoidalar


-modda. Majburiyatning bajarganligini tasdiqlash


Download 1.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet146/212
Sana14.11.2023
Hajmi1.68 Mb.
#1772292
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   212
Bog'liq
21.12.1995. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) (1)

257-modda. Majburiyatning bajarganligini tasdiqlash
Kreditor majburiyatning bajarilishini qabul qilib olgan vaqtida, qarzdorning talabi bilan
unga majburiyatning to‘la yoki qisman bajarilishini qabul qilib olganligi haqida tilxat berishi
shart. Og‘zaki bitimlar yuridik shaxslar bilan fuqarolar o‘rtasida bajarilganida tovarlar yoki
xizmatlar haqini to‘lagan yuridik shaxs boshqa tarafdan pul to‘langanligini tasdiqlaydigan
hujjatni va to‘lov asosini olishi kerak.
Agar qarzdor majburiyatni tasdiqlash yuzasidan kreditorga qarz hujjati bergan bo‘lsa,
kreditor ijroni qabul qilib olayotgan vaqtida ushbu hujjatni qaytarib berishi, qaytarib berishning
imkoni bo‘lmaganida esa — buni o‘zi berayotgan tilxatda ko‘rsatishi kerak. Tilxat o‘rniga qaytarib
berilayotgan qarz hujjatiga ustxat yozilishi mumkin. Qarz hujjatining qarzdorda bo‘lishi, boshqa
bir hol isbotlanmaguncha, majburiyatning bekor bo‘lganligini tasdiqlaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
94, 95
,
 234, 235

258-moddalari
, 733-moddasining 
uchinchi qismi
, 809-
moddasining 
uchinchi qismi
.
258-modda. Majburiyat bajarilganligini tasdiqlash haqidagi talabni bajarmaslik
oqibatlari
Kreditor tilxat berishdan, qarz hujjatini qaytarishdan yoki qaytarib berish imkoni yo‘qligini
tilxatda ko‘rsatishdan bosh tortgan taqdirda, qarzdor ijroni to‘xtatib turishga haqli bo‘ladi.
Bunday hollarda kreditor muddatni kechiktirgan hisoblanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
94, 95

234, 235

257-moddalari
.
22-BOB
MAJBURIYATLARNING BAJARILIShINI TA’MINLASh
259-modda. Umumiy qoidalar


Oldingi
 tahrirga qarang.
Majburiyatning bajarilishi neustoyka, garov, qarzdorning mol-mulkini ushlab qolish, kafillik,
kafolat, zakalat hamda qonunchilik yoki shartnomada nazarda tutilgan boshqacha usullar bilan
ta’minlanishi mumkin.
(259-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Majburiyatning bajarilishini ta’minlash to‘g‘risidagi kelishuvning haqiqiy emasligi ushbu
majburiyatning (asosiy majburiyatning) haqiqiy emasligiga olib kelmaydi.
Asosiy majburiyatning haqiqiy emasligi uning bajarilishini ta’minlaydigan majburiyatning
haqiqiy emasligiga olib keladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
260

264

290

292

299

311-moddalari
.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining
24.09.1999-yildagi “Fuqarolik kodeksini tatbiq qilishda sud amaliyotida vujudga keladigan ayrim
masalalar to‘g‘risida”gi 16-son qarorining 
13-bandi
.
 LexUZ sharhi
Qarang: sud amaliyoti.
Oldingi
 tahrirga qarang.

Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling