O‘zbekiston respublikasining fuqarolik kodeksi birinchi qism I bo‘lim umumiy qoidalar 1-Kichik bo‘lim asosiy qoidalar


Download 1.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet156/212
Sana14.11.2023
Hajmi1.68 Mb.
#1772292
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   212
Bog'liq
21.12.1995. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) (1)

273-modda. Navbatdagi garov
Oldingi
 tahrirga qarang.
Garovda turgan mol-mulk garovga qo‘yuvchi tomonidan boshqa talablarni ta’minlash
uchun garovga (navbatdagi garovga) berilishi mumkin.
Navbatdagi garovga, agar u garov to‘g‘risidagi oldingi shartnomalarda taqiqlanmagan
bo‘lsa hamda basharti oldingi va navbatdagi garovga oluvchilar tomonidan garov reyestriga
tegishli yozuv kiritilgan bo‘lsa, yo‘l qo‘yiladi.


Garovga qo‘yuvchi har bir navbatdagi garovga oluvchiga ushbu mol-mulkning mavjud
bo‘lgan barcha garovlari haqida ma’lum qilishi shart va u ushbu majburiyatni bajarmaslik tufayli
garovga oluvchilarga yetkazilgan zarar uchun javob beradi.
Agar oldingi garov shartnomasida navbatdagi garov shartnomasini tuzish mumkin
bo‘lgan shartlar nazarda tutilgan bo‘lsa, bunday garov shartnomasi oldingi shartnomada
ko‘rsatilgan shartlarga amal qilgan holda tuzilishi kerak. Ko‘rsatilgan shartlar buzilgan taqdirda
oldingi garovga oluvchi shu tufayli yetkazilgan zararlarning o‘rnini qoplashni garovga
qo‘yuvchidan talab qilishga haqlidir.
Agar garovga qo‘yilgan mol-mulk boshqa talablarni ta’minlash uchun yana bir garovning
(navbatdagi garovning) narsasiga aylansa, navbatdagi garovga oluvchining talablari ushbu
Kodeksda belgilangan tartibda mazkur mol-mulkning qiymatidan qanoatlantiriladi.
(273-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 22-oktabrdagi O‘RQ-572-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2019-y., 03/19/572/3943-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
264, 265

267

269

272-moddalari
, O‘zbekiston Respublikasining “Garov
to‘g‘risida”gi Qonunining 
15-moddasi
.

Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling