O‘zbekiston respublikasining hisob palatasi to‘G‘risida


-modda. Hisob palatasi qarorlarining bajarilishi majburiyligi


Download 70.96 Kb.
bet6/39
Sana18.06.2023
Hajmi70.96 Kb.
#1578389
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasining hisob palatasi to‘G‘risida

19-modda. Hisob palatasi qarorlarining bajarilishi majburiyligi
Hisob palatasining o‘ziga berilgan vakolatlar doirasida qabul qilingan qarorlari davlat organlari hamda mulkchilik shaklidan va bo‘ysunuvidan qat’i nazar boshqa tashkilotlar, shuningdek ularning mansabdor shaxslari tomonidan bajarilishi majburiydir.
4-bob. Hisob palatasining funksiyalari
20-modda. Hisob palatasining Davlat budjeti loyihasi shakllantirilishining va uning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish ustuvorliklariga muvofiqligining tizimli tahlilini amalga oshirish sohasidagi funksiyalari
Hisob palatasi Davlat budjeti loyihasi shakllantirilishining va uning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish ustuvorliklariga muvofiqligining tizimli tahlilini amalga oshirish sohasida:
makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning va Davlat budjeti loyihasining olib borilayotgan siyosatning ustuvorliklariga, shuningdek mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning qabul qilingan maqsadli kompleks dasturlariga muvofiqligini baholashni amalga oshiradi;
Davlat budjeti, davlat maqsadli jamg‘armalari va belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamg‘armalar loyihalari shakllantirilishining tarmoqlar va hududlar kesimlaridagi tahlilini o‘tkazadi;
Davlat budjeti daromadlari ko‘rsatkichlari prognozining xolisligi va asosliligini hududlarning o‘ziga xos xususiyatlarini hamda soliq salohiyatini hisobga olgan holda baholashni amalga oshiradi;
Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining, shuningdek navbatdagi yil uchun soliq va budjet siyosati asosiy yo‘nalishlarining loyihalari bo‘yicha xulosalar beradi.
21-modda. Hisob palatasining qabul qilinayotgan davlat dasturlarining va hududiy dasturlarning moliyalashtirish manbalari bilan ta’minlanganligi auditini amalga oshirish sohasidagi funksiyalari
Hisob palatasi qabul qilinayotgan davlat dasturlarining va hududiy dasturlarning moliyalashtirish manbalari bilan ta’minlanganligi auditini amalga oshirish sohasida:
qabul qilinayotgan davlat dasturlari va hududiy dasturlar moliyalashtirish manbalari bilan ta’minlanganligining auditini o‘tkazadi;
davlat dasturlari va hududiy dasturlar doirasida amalga oshirilayotgan loyihalarni moliyalashtirish uchun mablag‘lar o‘z vaqtida ajratilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
davlat dasturlari va hududiy dasturlar amalga oshirilishining to‘liqligi hamda samaradorligi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
22-modda. Hisob palatasining budjet tizimi budjetlariga va belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamg‘armalarga mablag‘lar tushumlarining to‘liqligini o‘rganish hamda nazorat qilish sohasidagi funksiyalari
Hisob palatasi budjet tizimi budjetlariga va belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamg‘armalarga mablag‘lar tushumlarining to‘liqligini o‘rganish hamda nazorat qilish sohasida:
soliq va bojxona to‘lovlari yig‘ilishi darajasining soliq turlari hamda hududlar kesimidagi tizimli tahlilini o‘tkazadi, uning tarmoqlar va hududlar kesimlarida pasayishiga ta’sir ko‘rsatgan sabab-oqibat omillarini aniqlaydi;
Davlat budjetining, davlat maqsadli jamg‘armalari va belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamg‘armalar budjetlarining shakllantirilishini nazorat qiladi hamda uning monitoringini yuritadi;
soliq solish obyektlari va soliq solinadigan baza qamrab olinishining to‘liqligi, manzilli yo‘nalishlar hamda nazorat dasturlarining shakllantirilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi, shu jumladan soliq va boshqa davlat organlarining ma’lumotlar bazasini tahlil etish hamda monitoring qilish asosida nazoratni amalga oshiradi;
davlat mol-mulkini davlat tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirish hamda ijaraga berishdan olinadigan mablag‘larning budjet tizimi budjetlariga tushumlari bilan bog‘liq masalalar yuzasidan tahlil o‘tkazadi va nazoratni amalga oshiradi;
mulkida davlat ulushi bo‘lgan korxonalarning moliya-xo‘jalik faoliyatini dividendlarning to‘g‘ri hisoblanishi va to‘lanishi nuqtai nazaridan nazorat qiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: “Budjet tizimi budjetlari daromadlarining kassa ijrosi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma” (30.03.2016-y., ro‘yxat raqami 2771), “O‘zbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlarining g‘azna ijrosi qoidalari” (22.12.2016-y., ro‘yxat raqami 2850).
23-modda. Hisob palatasining budjet tizimi budjetlarining va belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamg‘armalarning daromadlarini ko‘paytirish zaxiralarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash orqali aniqlash hamda safarbar qilish sohasidagi funksiyalari
Hisob palatasi budjet tizimi budjetlarining va belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamg‘armalarning daromadlarini ko‘paytirish zaxiralarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash orqali aniqlash hamda safarbar qilish sohasida:
davlat organlari hamda o‘zga tashkilotlar soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblash uchun foydalanadigan ma’lumotlar bazasining ishonchliligini baholaydi;
iqtisodiyot tarmoqlari korxonalari faoliyatining budjet tizimi budjetlariga qo‘shimcha tushumlar zaxiralarini aniqlashga yo‘naltirilgan tahlilini amalga oshiradi;
soliq solish tizimini, soliq va bojxona ma’muriyatchiligini tahlil qilish hamda baholash asosida budjet tizimi budjetlari daromadlarini ko‘paytirish zaxiralarini aniqlash hamda ularning safarbar etilishini ta’minlash choralarini ko‘radi;
daromadlar prognozini sifatli shakllantirish va bajarish, soliq solinadigan bazani kengaytirish, soliqlarning to‘liq yig‘ilishini hamda soliq to‘lovchilar to‘liq hisobga olinishini ta’minlashda moliya va davlat soliq organlarining mas’uliyatini oshirish hamda ularga har tomonlama ko‘maklashish choralarini ko‘radi.
24-modda. Hisob palatasining budjet tizimi budjetlarining va belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamg‘armalarning amalga oshirilayotgan xarajatlari samaradorligi hamda qonuniyligini auditdan o‘tkazish, bu xarajatlarni barcha darajalarda qisqartirish imkoniyatlarini aniqlash sohasidagi funksiyalari
Hisob palatasi budjet tizimi budjetlarining va belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamg‘armalarning amalga oshirilayotgan xarajatlari samaradorligi hamda qonuniyligini auditdan o‘tkazish, bu xarajatlarni barcha darajalarda qisqartirish imkoniyatlarini aniqlash sohasida:
Davlat budjetining, davlat maqsadli jamg‘armalari va belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamg‘armalar budjetlarining xarajatlar qismi ijro etilishi yuzasidan monitoring yuritadi;
budjet mablag‘laridan, davlat maqsadli jamg‘armalarining va belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamg‘armalarning mablag‘laridan maqsadli, oqilona hamda samarali foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining budjet ssudalari va kredit liniyalaridan maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari tomonidan chet el valyutasidagi mablag‘lardan to‘g‘ri va maqsadli foydalanilishi ustidan nazorat qiladi;
davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablarining to‘g‘ri qo‘llanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Davlat budjetining ijro etilishi va budjet tizimi budjetlarining barcha darajalarida davlat mablag‘larining sarflanishi ustidan nazoratni amalga oshiradi hamda davlat xarajatlarini qisqartirish imkoniyatlarini aniqlash choralarini ko‘radi;
moliya organlari, shu jumladan g‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan budjet tizimi budjetlari mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanilishi ustidan nazorat qilishga doir vazifalarning bajarilishi samaradorligini tahlil qiladi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining bank hisobvaraqlaridagi mablag‘lar shakllantirilishining qonuniyligi, ularning maqsadli va samarali sarflanishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobotni tashqi auditdan va baholashdan o‘tkazadi, ular yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga xulosalar taqdim etadi.
25-modda. Hisob palatasining budjet tizimi budjetlari mablag‘lari va davlat tomonidan mablag‘ jalb qilish hisobidan amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarining maqsadga muvofiqligi hamda asosliligini baholash sohasidagi funksiyalari
Hisob palatasi budjet tizimi budjetlari mablag‘lari va davlat tomonidan mablag‘ jalb qilish hisobidan amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarining maqsadga muvofiqligi hamda asosliligini baholash sohasida:
budjet tizimi budjetlarining mablag‘lari va davlat tomonidan mablag‘ jalb qilish hisobidan amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarining shakllantirilishi yuzasidan monitoring o‘tkazadi hamda nazorat qiladi;
budjet tizimi budjetlarining mablag‘lari va davlat tomonidan mablag‘ jalb qilish hisobidan amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarining to‘liq hamda samarali bajarilishi ustidan nazorat qiladi.
26-modda. Hisob palatasining soliq, bojxona va budjet to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirishga, tizimli qoidabuzarliklar sabablarini, shuningdek xalqaro tajribani umumlashtirish hamda o‘rganish orqali budjetni rejalashtirishning zamonaviy usullarini joriy etishga doir takliflar ishlab chiqish sohasidagi funksiyalari
Hisob palatasi soliq, bojxona va budjet to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirishga, tizimli qoidabuzarliklar sabablarini, shuningdek xalqaro tajribani umumlashtirish hamda o‘rganish orqali budjetni rejalashtirishning zamonaviy usullarini joriy etishga doir takliflar ishlab chiqish sohasida:
zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish jarayonida aniqlanadigan budjet to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishining turlarini hisobga oladi va tasniflaydi;
nazorat tadbirlari natijalarini, shuningdek budjet to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishini, bunga olib kelayotgan sabablar va shart-sharoitlarni tahlil qiladi, budjet to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
soliq va bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishini, bunga olib kelayotgan sabablar hamda shart-sharoitlarni tahlil qiladi, mazkur qonun hujjatlarini takomillashtirish, soliq va bojxona imtiyozlarini bekor qilish, shuningdek soliq stavkalarini o‘zgartirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
budjet to‘g‘risidagi qonun hujjatlari normalari amalga oshirilishining monitoringini o‘tkazadi va budjet jarayonidagi chetga chiqishlarni aniqlaydi;
budjet jarayonining va budjet to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining xalqaro normalar hamda standartlarga muvofiqligini o‘rganadi.
27-modda. Hisob palatasining O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari o‘rtasidagi nisbatning maqbulligini, mahalliy davlat hokimiyati organlarining daromadlarga oid vakolatlari hamda xarajatlar bo‘yicha majburiyatlari chegaralanishining to‘g‘riligini baholash, ularning o‘zini o‘zi moliyaviy jihatdan yetarlicha ta’minlashiga doir takliflar ishlab chiqish sohasidagi funksiyalari
Hisob palatasi O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari o‘rtasidagi nisbatning maqbulligini, mahalliy davlat hokimiyati organlarining daromadlarga oid vakolatlari hamda xarajatlar bo‘yicha majburiyatlari chegaralanishining to‘g‘riligini baholash, ularning o‘zini o‘zi moliyaviy jihatdan yetarlicha ta’minlashiga doir takliflar ishlab chiqish sohasida:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining shakllantirilishi va ijro etilishini, ularning mutanosibligini tahlil qiladi hamda ular ustidan nazoratni amalga oshiradi;
yuqori turuvchi va quyi turuvchi budjetlar o‘rtasidagi belgilangan umumdavlat soliqlari ajratmalari normativlarining, budjetlararo ajratiladigan transfertlarning asosliligini o‘rganadi;
yuqori turuvchi va quyi turuvchi budjetlar o‘rtasidagi xarajatlar bo‘yicha majburiyatlarning chegaralanishi to‘g‘riligini baholaydi;
mahalliy davlat hokimiyati organlari zimmasiga yuklatilgan vazifalarni hal etishdan kelib chiqqan holda barcha darajadagi budjetlar o‘rtasidagi moliyaviy resurslar nisbatini maqbullashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi.
28-modda. Hisob palatasining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari, shuningdek oliy darajadagi tashriflar davomida imzolangan hujjatlarning hamda strategik korxonalar ishtirokidagi investitsiya loyihalarining to‘liq va o‘z vaqtida bajarilishi ustidan nazoratni tashkil etish hamda amalga oshirish sohasidagi funksiyalari
Hisob palatasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari, shuningdek oliy darajadagi tashriflar davomida imzolangan hujjatlarning hamda strategik korxonalar ishtirokidagi investitsiya loyihalarining to‘liq va o‘z vaqtida bajarilishi ustidan nazoratni tashkil etish hamda amalga oshirish sohasida:
oliy darajadagi tashriflar davomida imzolash uchun hujjatlarning asosliligini hamda ularni kelgusida amalga oshirish imkoniyatini tahlil qilgan holda bu hujjatlarni tayyorlashda vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarga ko‘maklashadi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari va topshiriqlarining, shuningdek oliy darajadagi tashriflar davomida imzolangan hujjatlar va strategik korxonalar ishtirokidagi investitsiya loyihalarining ma’lumotlar bazalarini shakllantiradi;
oliy darajadagi tashriflar davomida imzolangan hujjatlarni va strategik korxonalar ishtirokidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirishga ko‘maklashadi, tegishli tadbirlarning o‘z vaqtida hamda samarali ijro etilishiga to‘sqinlik qilayotgan omillarni yakuniy natijalarga erishish uchun ularni hal etish bo‘yicha tezkor choralar ko‘rgan holda, shu jumladan joylarga chiqib tezkor choralar ko‘rgan holda tizimli tahlil qiladi va aniqlaydi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari va topshiriqlarining, shuningdek oliy darajadagi tashriflar davomida imzolangan hujjatlar, strategik korxonalar ishtirokidagi investitsiya loyihalarining to‘liq hamda o‘z vaqtida bajarilishi ustidan monitoringni va doimiy nazoratni amalga oshiradi hamda ularning natijalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritadi;
vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning oliy darajadagi tashriflar davomida imzolangan hujjatlarni va strategik korxonalar ishtirokidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish to‘g‘risidagi axboroti asosliligini birlamchi ma’lumotlar asosida o‘rganadi;
oliy darajadagi tashriflar davomida imzolangan hujjatlarning ro‘yobga chiqarilishini chet ellik sheriklar va O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari bilan “teleko‘prik” tashkil etish orqali muntazam ravishda muhokama qilib boradi, ularning asoslantirilgan hisob-kitoblarga ega bo‘lgan, aniq tashabbusli investitsiya loyihalarini taqdim etish borasidagi faoliyati samaradorligini baholaydi.
29-modda. Hisob palatasining O‘zbekiston Respublikasining pul-kredit va valyuta siyosatini, O‘zbekiston Respublikasining aktivlari hamda majburiyatlari holatini, oltin-valyuta zaxiralarining boshqarilishini, shuningdek qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan amalga oshirilayotgan operatsiyalarni tashqi auditdan o‘tkazish sohasidagi funksiyalari
Hisob palatasi O‘zbekiston Respublikasining pul-kredit va valyuta siyosatini, O‘zbekiston Respublikasining aktivlari hamda majburiyatlari holatini, oltin-valyuta zaxiralarining boshqarilishini, shuningdek qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan amalga oshirilayotgan operatsiyalarni tashqi auditdan o‘tkazish sohasida:
milliy valyutani mustahkamlash, uning xarid qobiliyatini oshirish, pul massasini va pul agregatlarini maqbullashtirish hamda bankdan tashqari pul aylanmasini qisqartirish bo‘yicha chora-tadbirlarni tahlil qiladi va baholaydi;
bank tizimining moliyaviy barqarorligini o‘rganadi va tahlil qiladi;
O‘zbekiston Respublikasi tashqi savdo aylanmasining va to‘lov balansining holatini tahlil qiladi;
ichki valyuta bozorida valyutaga bo‘lgan talab va taklifni o‘rganadi, milliy valyutaning ayirboshlanishi holati ustidan nazoratni amalga oshiradi;
davlat tomonidan xorijdan mablag‘ jalb qilish hajmlarini va maqsadga muvofiqligini baholashni, chet el kreditlari hamda grantlari mablag‘laridan samarali va oqilona foydalanilishi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi tomonidan yoki O‘zbekiston Respublikasining davlat kafolati ostida olingan tashqi kreditlarga o‘z vaqtida xizmat ko‘rsatilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
oltin-valyuta zaxiralarining qayta tiklanishi va ularga doir operatsiyalar ustidan nazoratni amalga oshiradi, tashqi aktivlarni boshqarish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni tahlil qiladi, ularni xorijiy banklarga samarali joylashtirish va qayta joylashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi, oltin-valyuta zaxiralari, shu jumladan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan o‘tkaziladigan operatsiyalar ustidan nazoratni ta’minlaydi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki u tomonidan vakolat berilgan organlar taraflarning biri sifatida qatnashayotgan oltin-valyuta zaxiralari bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshirish bo‘yicha barcha qarorlarni kelishib oladi;
valyuta, eksport va import operatsiyalari o‘tkazilishining qonuniyligi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
davlat qarzini samarali boshqarish bo‘yicha monitoring o‘tkazadi, ularga o‘z vaqtida xizmat ko‘rsatilishi ustidan nazorat qiladi.

Download 70.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling