O‘zbekiston respublikasining hisob palatasi to‘G‘risida
Download 70.96 Kb.
|
O‘zbekiston respublikasining hisob palatasi to‘G‘risida
- Bu sahifa navigatsiya:
- 34-modda. Tahliliy ma’lumot
33-modda. Taqdimnoma
Yakuniy nazorat jarayonida Davlat budjeti daromadlarining tasdiqlangan prognozi bajarilmaganligi va budjetga to‘lovlar bo‘yicha soliq qarzdorligi kamaymaganligi aniqlangan taqdirda Hisob palatasi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga, Davlat soliq qo‘mitasiga hamda Davlat bojxona qo‘mitasiga, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlariga hududiy moliya organlarining, davlat soliq va bojxona xizmati organlarining rahbarlariga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo‘llash to‘g‘risida taqdimnomalar kiritishga haqli. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari o‘z vaqtida hamda sifatli ijro etilmaganligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlarini, shuningdek oliy darajadagi tashriflar davomida imzolangan hujjatlarning hamda strategik korxonalar ishtirokidagi investitsiya loyihalarining ijrosi to‘g‘risidagi axborot “ijro.gov.uz” axborot tizimi orqali to‘liq, haqqoniy tarzda va o‘z vaqtida taqdim etilmaganligi uchun Hisob palatasi vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarga ularning xodimlariga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo‘llash to‘g‘risida taqdimnomalar kiritishga haqli. Hisob palatasining taqdimnomasi Hisob palatasi raisi yoxud O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining Reglamentida belgilangan hollarda Hisob palatasi raisining birinchi o‘rinbosari yoki o‘rinbosarlari tomonidan qabul qilinadi. Hisob palatasining taqdimnomasi aniqlangan kamchiliklar haqidagi axborotni va intizomiy jazo choralarini qo‘llash masalasini ko‘rib chiqish, shuningdek bunday kamchiliklarning yuzaga kelishiga imkon beruvchi sabablar va sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risidagi talabni o‘z ichiga olishi kerak. Hisob palatasining taqdimnomasi kiritilgan kundan e’tiboran bir oydan kechiktirmay bajarilishi kerak. Taqdimnomaning bajarilishi natijalari bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar haqida Hisob palatasi yozma shaklda xabardor qilinadi. 34-modda. Tahliliy ma’lumot Hisob palatasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining topshiriqlari va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining so‘rovlari bo‘yicha o‘tkazilgan nazorat natijalari yuzasidan, shuningdek nazorat obyektining muayyan sohasini va faoliyatini o‘rganish natijalari yuzasidan tahliliy ma’lumot tayyorlanadi. Tahliliy ma’lumot Hisob palatasi raisi yoxud O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining Reglamentida belgilangan hollarda Hisob palatasi raisining birinchi o‘rinbosari yoki o‘rinbosarlari tomonidan imzolanadi. Tahliliy ma’lumotda o‘tkazilgan o‘rganish yoki tahlil to‘g‘risidagi umumlashtirilgan ma’lumotlar, aniqlangan muammolar, mavjud to‘siqlar va kamchiliklarning qisqacha tavsifi, shuningdek ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ko‘rsatilishi kerak. Download 70.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling