O‘zbekiston respublikasining hisob palatasi to‘G‘risida


Download 70.96 Kb.
bet10/39
Sana18.06.2023
Hajmi70.96 Kb.
#1578389
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   39
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasining hisob palatasi to‘G‘risida

35-modda. Xulosa
Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlari, soliq va budjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari loyihalari parametrlari shakllantirilishini tahlil qilish natijalari, Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobotni tashqi auditdan o‘tkazish hamda baholash natijalari, siyosiy partiyalarga moliyaviy va boshqa mablag‘larning kelib tushishi hamda bu mablag‘lardan maqsadli foydalanilishi ustidan nazorat natijalari yuzasidan, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda Hisob palatasi tomonidan xulosa tayyorlanadi.
Xulosa Hisob palatasi raisi yoxud O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining Reglamentida belgilangan hollarda Hisob palatasi raisining birinchi o‘rinbosari yoki o‘rinbosarlari tomonidan imzolanadi.
36-modda. Hisob palatasining qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilish
Hisob palatasining ko‘rsatmalari va taqdimnomalarini bajarishdan bo‘yin tovlash yoki o‘z vaqtida bajarmaslikda, ma’lumotlar bazasidan hamda axborotdan foydalanish imkoniyatini bermaslikda, bila turib noto‘g‘ri axborotni taqdim etganlikda namoyon bo‘ladigan tarzda Hisob palatasining qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilganlik, shuningdek Hisob palatasining faoliyatiga aralashganlik va uning mansabdor shaxslari zimmasiga yuklatilgan vazifalarning hamda funksiyalarning qonuniy ravishda ijro etilishiga to‘sqinlik qilish maqsadida biror-bir shaklda ta’sir ko‘rsatganlik qonunda belgilangan javobgarlikka sabab bo‘ladi.
6-bob. Hisob palatasining faoliyatini tashkil etish
37-modda. O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining Reglamenti
Hisob palatasining faoliyati masalalari, Hisob palatasi mansabdor shaxslari o‘rtasida majburiyatlarning ichki taqsimlanishi, ishlarni yuritish tartibi Hisob palatasi raisi tomonidan tasdiqlanadigan O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining Reglamentida belgilanadi.
38-modda. Hisob palatasining ishini rejalashtirish
Hisob palatasi o‘z faoliyatini Hisob palatasi vakolatlariga kiruvchi masalalar ustidan ta’sirchan tizimli nazoratni ta’minlash zaruriyatidan kelib chiqqan holda shakllantiriladigan nazorat ishlarining yillik dasturi asosida tashkil etadi. Nazorat ishlarining yillik dasturi Hisob palatasi raisi tomonidan tasdiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining so‘rovlari asosida o‘tkaziladigan nazorat tadbirlari Hisob palatasi nazorat ishlarining yillik dasturiga kiritilishi shart.
Hisob palatasi nazorat ishlarining yillik dasturi ijrosini tashkil etish Hisob palatasining farmoyishi asosida amalga oshiriladi, bunda Hisob palatasining mansabdor shaxslari orasidan har bir nazorat tadbirini tashkil etish uchun mas’ullar tayinlanadi.

Download 70.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling