O‘zbekiston respublikasining hisob palatasi to‘G‘risida


-modda. Hisob palatasining mansabdor shaxslarini uy-joy bilan ta’minlash


Download 70.96 Kb.
bet13/39
Sana18.06.2023
Hajmi70.96 Kb.
#1578389
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   39
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasining hisob palatasi to‘G‘risida

43-modda. Hisob palatasining mansabdor shaxslarini uy-joy bilan ta’minlash
Hisob palatasining mansabdor shaxslariga uy-joy ijarasi uchun pullik kompensatsiya to‘lanadi.
Hisob palatasining mansabdor shaxslariga imtiyozli uzoq muddatli ipoteka kreditlaridan foydalangan holda uy-joy olish huquqi beriladi.
44-modda. Hisob palatasining mansabdor shaxslarini ish bilan ta’minlash kafolatlari
Hisob palatasining mansabdor shaxslariga ularning mehnat faoliyati tugaganidan so‘ng, ular Hisob palatasiga qabul qilinguniga qadar egallagan avvalgi ishi (lavozimi), u mavjud bo‘lmagan taqdirda esa, unga teng bo‘lgan boshqa ish (lavozim) ularning davlat organlaridagi va boshqa tashkilotlardagi mutaxassisligi hisobga olingan holda beriladi, bundan mansabdor shaxsning malakasi yetishmasligi yoki sog‘ligi holati tufayli bajariladigan ishga noloyiqligi yoxud mansabdor shaxsning o‘z mehnat majburiyatlarini buzganligi uchun mehnat faoliyati tugatilgan hollar mustasno.
8-bob. Yakunlovchi qoidalar
45-modda. Hisob palatasining moliyaviy va moddiy-texnika ta’minoti
Hisob palatasi faoliyatining moliyaviy va moddiy-texnika ta’minoti O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Moliya-xo‘jalik departamenti tomonidan amalga oshiriladi.
46-modda. Xalqaro hamkorlik
Hisob palatasining chet davlatlarning tashqi audit va moliyaviy nazorat organlari, xalqaro tashkilotlar hamda ularning vakolatxonalari bilan hamkorligi O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga va xalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladi.
47-modda. O‘zbekiston Respublikasining Hisob palatasi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
O‘zbekiston Respublikasining Hisob palatasi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
48-modda. Ushbu Qonunning ijrosini, yetkazilishini, mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini ta’minlash
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.

Download 70.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling