O‘zbekiston respublikasining hisob palatasi to‘G‘risida
Download 70.96 Kb.
|
O‘zbekiston respublikasining hisob palatasi to‘G‘risida
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING HISOB PALATASI TO‘G‘RISIDA
- 2-modda. O‘zbekiston Respublikasining Hisob palatasi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari
- 4-modda. Hisob palatasining asosiy vazifalari
O‘RQ-546 01.07.2019
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING HISOB PALATASI TO‘G‘RISIDA Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 18-mayda qabul qilingan Senat tomonidan 2019-yil 21-iyunda ma’qullangan 1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi Ushbu Qonunning maqsadi O‘zbekiston Respublikasining Hisob palatasi faoliyatini tartibga solishdan iborat. 2-modda. O‘zbekiston Respublikasining Hisob palatasi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari O‘zbekiston Respublikasining Hisob palatasi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir. 3-modda. O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining huquqiy maqomi O‘zbekiston Respublikasining Hisob palatasi (bundan buyon matnda Hisob palatasi deb yuritiladi) davlat tashqi auditi va moliyaviy nazoratining oliy organidir. Hisob palatasi O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va davlat tilida o‘z nomi yozilgan muhrga ega bo‘ladi. 4-modda. Hisob palatasining asosiy vazifalari Hisob palatasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti (bundan buyon matnda Davlat budjeti deb yuritiladi) loyihasi shakllantirilishining va uning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish ustuvorliklariga muvofiqligining tizimli tahlilini amalga oshirish; qabul qilinayotgan davlat dasturlarining va hududiy dasturlarning moliyalashtirish manbalari bilan ta’minlanganligi auditini amalga oshirish; budjet tizimi budjetlariga va belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamg‘armalarga mablag‘lar tushumlarining to‘liqligini o‘rganish hamda nazorat qilish; budjet tizimi budjetlarining va belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamg‘armalarning daromadlarini ko‘paytirish zaxiralarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash orqali aniqlash hamda safarbar qilish; budjet tizimi budjetlarining va belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamg‘armalarning amalga oshirilayotgan xarajatlari samaradorligi hamda qonuniyligini auditdan o‘tkazish, bu xarajatlarni barcha darajalarda qisqartirish imkoniyatlarini aniqlash; budjet tizimi budjetlari mablag‘lari va davlat tomonidan mablag‘ jalb qilish hisobidan amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarining maqsadga muvofiqligi hamda asosliligini baholash; soliq, bojxona va budjet to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirishga, tizimli qoidabuzarliklar sabablarini, shuningdek xalqaro tajribani umumlashtirish hamda o‘rganish orqali budjetni rejalashtirishning zamonaviy usullarini joriy etishga doir takliflar ishlab chiqish; O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari o‘rtasidagi nisbatning maqbulligini, mahalliy davlat hokimiyati organlarining daromadlarga oid vakolatlari hamda xarajatlar bo‘yicha majburiyatlari chegaralanishining to‘g‘riligini baholash, ularning o‘zini o‘zi moliyaviy jihatdan yetarlicha ta’minlashiga doir takliflar ishlab chiqish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining xorijiy davlatlarga va chet davlatlar rahbarlarining O‘zbekiston Respublikasiga tashriflari (bundan buyon matnda oliy darajadagi tashriflar deb yuritiladi) davomida imzolangan hujjatlarning hamda strategik ahamiyatga molik xo‘jalik jamiyatlari va korxonalar (bundan buyon matnda strategik korxonalar deb yuritiladi) ishtirokidagi investitsiya loyihalarining to‘liq hamda o‘z vaqtida bajarilishi ustidan nazoratni tashkil etish va amalga oshirish; O‘zbekiston Respublikasining pul-kredit va valyuta siyosatini, O‘zbekiston Respublikasining aktivlari hamda majburiyatlari holatini, oltin-valyuta zaxiralarining boshqarilishini, shuningdek qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan amalga oshirilayotgan operatsiyalarni tashqi auditdan o‘tkazish. Download 70.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling