O‘zbekiston respublikasining hisob palatasi to‘G‘risida


-modda. Hisob palatasi tomonidan amalga oshiriladigan nazoratning shakllari va turlari


Download 70.96 Kb.
bet8/39
Sana18.06.2023
Hajmi70.96 Kb.
#1578389
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   39
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasining hisob palatasi to‘G‘risida

31-modda. Hisob palatasi tomonidan amalga oshiriladigan nazoratning shakllari va turlari
Hisob palatasi o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalar va vakolatlar doirasida dastlabki hamda yakuniy nazorat tarzida taftish, tekshirish (shu jumladan budjet to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining avvalgi taftishda yoki tekshirishda aniqlangan buzilishlarini bartaraf etish yuzasidan nazorat tartibida tekshirish) va o‘rganish shaklida nazoratni amalga oshiradi.
Hisob palatasi o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida ko‘rsatmalar va taqdimnomalar qabul qiladi, shuningdek tahliliy ma’lumotlar hamda xulosalar tayyorlaydi.
32-modda. Ko‘rsatma
Yakuniy nazorat jarayonida nazorat obyektlarining moliya-xo‘jalik faoliyatida va boshqa faoliyatida davlatga zarar keltirayotgan hamda shu sababli kechiktirmasdan barham berish talab etiladigan buzilishlar, shuningdek yakuniy nazorat natijalari bo‘yicha, shu jumladan davlat organlari va o‘zga tashkilotlarning soliqlar hamda boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblab chiqarish uchun foydalaniladigan ma’lumotlar bazasining haqqoniyligini tekshirishdagi buzilishlar aniqlanganda Hisob palatasi nazorat obyektlarining yoki yuqori tashkilotning rahbarlariga aniqlangan kamchiliklar va qoidabuzarliklarni bartaraf etish, davlatga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash hamda qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish choralarini ko‘rish uchun ko‘rsatma yuborishga haqli.
Hisob palatasining ko‘rsatmasi Hisob palatasi raisi tomonidan yoxud O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi Reglamentida belgilangan hollarda Hisob palatasi raisining birinchi o‘rinbosari yoki o‘rinbosarlari tomonidan qabul qilinadi.
Hisob palatasining ko‘rsatmasi aniqlangan kamchiliklar va qonun hujjatlarining buzilishlari to‘g‘risidagi hamda ularni bartaraf etish, shuningdek bunday buzilishlarning yuzaga kelishiga imkon beruvchi sabablar va sharoitlarni bartaraf etish yuzasidan choralar ko‘rish haqidagi talablarni o‘z ichiga olishi kerak.
Hisob palatasining ko‘rsatmasi unda ko‘rsatilgan muddatda yoki, agar muddat ko‘rsatilmagan bo‘lsa, u nazorat obyektiga kiritilgan kundan e’tiboran o‘ttiz kun ichida bajarilishi kerak. Ko‘rsatmani bajarish muddati Hisob palatasi raisining qarori bilan yana shu muddatga, lekin bir martadan oshmagan holda uzaytirilishi mumkin. Ko‘rsatmaning bajarilishi natijalari bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida Hisob palatasi nazorat obyekti rahbari yoki uning yuqori turuvchi tashkiloti tomonidan yozma shaklda xabardor qilinadi.

Download 70.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling