O‘zbekiston Respublikasining ijro etuvchi hokimiyat organlari


Download 1.72 Mb.
Sana14.04.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1356837
Bog'liq
ijro etuvchi hokimiyat

O‘zbekiston Respublikasining ijro etuvchi hokimiyat organlari

O‘zbekiston Respublikasining hukumati boshchiligida ijro etuvchi hokimiyatning yagona tizimi amal qiladi.

1) Vazirlar Mahkamasi;


5) viloyat, tuman va shahar hokimliklari kiradi.
4) boshqaruv funksiyasini amalga oshiruvchi agentliklar, konsern va
uyushmalar;
3) davlat qo‘mitalari;
2) Vazirliklar;
Mazkur tizimga:

O‘zbеkiston Rеspublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq O‘zbekistonda ijro etuvchi hokimiyatni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi amalga oshiradi.

Vazirlar Mahkamasining tarkibi Bosh vazir taqdim etgan nomzodlar ichidan tanlab olinadi va O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti tomonidan tasdiqlanadi.

O‘zbеkiston Rеspublikasi Bosh vaziri nomzodi O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining taqdimiga binoan O‘zbеkiston Rеspublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi.


O‘zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasi tarkibiga quyidagi mansabdor shaxslar kiradi:
- O‘zbеkiston Rеspublikasi Bosh vaziri;
  • Bosh vazir o‘rinbosarlari;
  • Vazirlar;
  • Davlat qo‘mitalarining raislari;
  • Qoraqalpog‘iston Rеspublikasi hukumatining boshlig‘i .

Vazirlar Mahkamasi bir qator vazifalarni o‘z zimmasiga oladi, ya’ni iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma’naviy sohaning samarali faoliyatiga rahbarlikni, O‘zbеkiston Rеspublikasi qonunlari, Oliy Majlis palatalari qarorlari, O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining ijrosini ta’minlaydi.

Vazirlar Mahkamasi o‘z faoliyatini amalga oshirish jarayonida O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti va O‘zbеkiston Rеspublikasi Oliy Majlisi oldida javobgar hisoblanadi.


O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri:
1) Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etadi va unga rahbarlik qiladi, uning samarali ishlashi uchun shaxsan javobgar bo‘ladi;
2) Vazirlar Mahkamasining majlislarida raislik qiladi, uning qarorlarini imzolaydi;
3) xalqaro munosabatlarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi nomidan ish ko‘radi.
4) O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalarni bajaradi ...
98- moddadan.

Vazirlar Mahkamasi yana quyidagi vazifalarni bajaradi:

♦ Davlat budjetini ishlab chiqadi va Oliy Majlisga taqdim etadi hamda uning bajarilishini ta’minlaydi;

♦ Oliy Majlisga davlat budjetining bajarilishi haqida hisobot beradi;

♦ yagona moliya, pul-kredit siyosati yuritilishini ta’minlaydi;

♦ madaniyat, fan, maorif, ijtimoiy ta’minot, ekologiya sohasida yagona davlat siyosati yuritilishini ta’minlaydi;

♦ mamlakatni mudofaa qilish, davlat xavfsizligi, tashqi siyosatni amalga oshirishni ta’minlash chora-tadbirlarini ko‘radi;

♦ qonuniylik, fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini ta’minlash, xusu siy mulk va jamoat tartibini muhofaza qilish, jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi.

O‘zbekiston Respublikasining butun hududida barcha organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun bajarilishi shart bo‘lgan qarorlar va farmoyishlar chiqaradi.

Markaziy ijro etuvchi hokimiyat vakolatlarini bozor tamoyillariga muvofiqlashtirish va iqtisodiyotni boshqarishda davlat boshqaruv organlarining qatnashuvini kamaytirish Markaziy ijro etuvchi hokimiyat boshqaruv tuzilmalari va ma’muriy organlari vazifalarini jiddiy tarzda qayta ko‘rib chiqishni taqozo qildi.

Markaziy ijro etuvchi hokimiyatning boshqaruv tuzilmalari va ma’muriy organlarning vazifalarini o‘zgartirish:

– ularning tartibga solish borasidagi vakolatlarini qisqartirish;

– ularning taqsimlash borasidagi vakolatlarini qisqartirish;

– ularning xo‘jalik tuzilmalari faoliyatiga bevosita aralashuvini keskin qisqartirish.

Davlat boshqaruvida vertikal boshqaruv organlarining vakolatlarini qisqar tirish hisobiga gorizontal boshqaruv organlarining vakolatlarini kengay tirish davlat boshqaruvi sohasida markazlashtirishni cheklashga imkoniyat yaratadi.

Savol va topshiriqlar:

1. O‘zbekiston Respublikasida ijro etuvchi hokimiyatni kim amalga oshiradi?

2. Vazirlar Mahkamasining asosiy vazifalari nimalardan iborat?

3. Vazirlar Mahkamasi qay tartibda tuziladi?

4. Vazirlar Mahkamasining tarkibiga kimlar kiradi?

5. Vazirlar Mahkamasining asosiy vakolatlari nimalardan iborat?

6. Hukumat o‘z faoliyatini amalga oshirish borasida qanday normativ-huquqiy

hujjatlarga asoslanadi?

7. Hukumatning qanday normativ-huquqiy hujjatlar chiqarish vakolatlari bor? Bu hujjatlarning qanday yuridik kuchi bor?

8. Hukumatsiz mamlakatni tasavvur qilib ko‘ring. Bunda qanday ahvol

ro‘y berishi mumkin?

9. Markaziy ijro etuvchi hokimiyatning faoliyatlarini bozor tamoyillariga

muvofiqlashtirish nima sababdan dolzarb bo‘lib qoldi?

10. Konstitutsiyada ularning vazifalarini qay tarzda o‘zgartirish taklif qilingan?

11. Davlat boshqaruvi vazifalarining bir qismini respublika darajasidan viloyat,

tuman, shahar miqyosiga o‘tkazilishining ijobiy ahamiyatga molik

ekan ligini asoslab berishga harakat qiling.


Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling