Zahiriddin muhammad bobur nomli andijon davlat universiteti axborot texnologiyalari va kompyuter injiniringi fakulteti


Download 1.84 Mb.
bet1/12
Sana14.03.2023
Hajmi1.84 Mb.
#1267594
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
asilbek kurs ishi


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR NOMLI
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMPYUTER INJINIRINGI FAKULTETI


AXBOROT TEXNOLOGIYALARI KAFEDRASI
Informatikani o‘qitish texnologiyalari va loyihalashtirish
fanidan
Informatika o‘qitish metodikasi ta’lim yo‘nalishi 4 kurs talabasi
Abdusamadov Asilbek
Axborot va raqamli texnologiyalar mavzusini o`qitish metodikasi
MAVZUSIDAGI


KURS ISHI

Ish rahbari: Temirova G.G.


Andijon – 2022 yil


MUNDARIJA

KIRISH 2
Axborot va raqamli texnologiyalar 6
Raqamli texnologiyalar ta‘lim tizimidagi o'rni qo`llanilishi 10
Dars ishlanma 19
Mavzu: Axborot va raqamli texnologiyalar mavzusini o`qitish metodikasi 19



KIRISH


Ta’lim tizimida axborot tеxnologiyalarini qo‘llash bo‘yicha bir qator amaliy ishlarni oshirishda O‘zbеkiston Rеspublikasining «Axborotlashtirish to‘g‘risida» Qonuni, «Elеktron tijorat to‘g‘risida» Qonuni, «Kompyutеrlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya tеxnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida» O‘zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, «Kompyutеrlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya tеxnolo-giyalarini joriy etish to‘g‘risida» O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti Farmonlari, «O‘zbеkston Rеspublikasining jamoat ta’lim axborot tarmog‘i ZiyoNET ni tashkil etish to‘g‘risida»gi O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining qarorlari asos qilinib olinmoqda.
Ushbu kеltirilgan qonun, qaror va farmonlarda Prеzidеntimiz ta’kidlaganidеk, «...maktablar, kasb-hunar kollеjlari, akadеmik litsеylar va oliy o‘quv yurtlarining ta’lim jarayoniga zamonaviy kompyutеr va axborot tеxnologiyalarini egallashga hamda ularni faol qo‘llanishga asoslangan ilg‘or ta’lim tizimlarini kiritish» vazifalari bеlgilab qo‘yilgan.
O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti SH.Mirziyoеvning 2017 yil 20 aprеldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi №2909 qaroriiga asosan, Oliy ta’lim tizimini 2017 — 2021 yillarga mo‘ljallangan komplеks rivojlantirish dasturi tasdiqlandi. Bu qarorda oliy ta’lim tizimini tubdan tako-millashtirish, mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalarga mos holda, kadrlar tayyorlashning ma’no-mazmunini tubdan qayta ko‘rib chiqish, xalqaro standartlar darajasida oliy malakali mutaxassislar tayyorlash uchun zarur sharoitlar yaratish maqsadida qabul qilingan.
Qarorda “Oliy ta’lim muassasalarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari bilan jihozlash, oliy ta’lim muassasalari o’quvchilari, o’qituvchilari va yosh tadqiqotchilarning jahon ta’lim resurslari, zamonaviy ilmiy adabiyotlarning elektron kataloglari va ma’lumotlar bazalariga kirish imkoniyatlarini kengaytirish.” haqida so’z borgan1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 28.12.2018 yildagi Oliy Majlisga Murojaatnomasiga ko’ra, 2018 yildagi ishlarni mantiqiy davom ettirish va yuksak bosqichga ko‘tarish maqsadida 2019-yil mamlakatimizda «Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili» deb e’lon qilindi.
Prezidentimiz barcha sohada amalga oshirilrgan ishlar va kelgusidagi ishlarning istiqbollari to’g’risida to’xtalar ekanlar, oliy ta’lim tizimi sohasidagi islohotlarga ham alohida to’xtalib o’tdilar.
Yurtimizda bitiruvchilarni oliy ta’lim bilan qamrab olish o’tgan yillarda 9-10% bo’lib kelayotgan edi. So’nggi 2 yilda ko’rilgan chora-tadbirlar tufayli biz bu raqamni 15%dan oshirishga erishdik. Lekin, bu hali yetarli emas, chunki dunyodagi rivojlangan davlatlar tajribasiga qaraydigan bo’lsak, bu ko’rsatkich ularda o’rtacha 60-70%ni tashkil etadi.
Shuning uchun 2019 yilda mamlakatimizda bitiruvchilarni oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasini 20%ga yetkazish va kelgusi yillarda oshirib borish muhim vazifalarimizdan biridir.
Yoshlarimizga bir vaqtning o’zida bir nechta oliy o’quv yurtiga hujjat topshirish imkoniyatini berishimiz, o’ylaymanki, ularning ta’lim olish huquqlarini kengayti-rishga xizmat qiladi.
Oliy ta’lim muassasalariga real imkoniyatlardan kelib chiqqan holda, qabul kvotalarini mustaqil belgilash tizimini joriy etishimiz kerak.
Bakalavriat yo’nalishida tahsil olayotgan o’quvchilarga xorijda o’qishini davom ettirish imkoniyatlarini yanada kengaytirishimiz kerak. Chunki, jamiyatimizda oliy ma’lumotga ega, yuksak malakali mutaxassislar qancha ko’p bo’lsa, rivojlanish shuncha tez va samarali bo’ladi2.
Ilm-fan, texnika, ishlab chiqarish va texnologiya sohalarining mavjud taraqqiyoti zamonaviy jamiyat qiyofasini belgilab bermoqda. Zamonaviy jamiyatning eng muhim xarakterli jihati uning barcha sohalarida globallashuvning ko‘zga tashlanayotganligidir. Globallashuv o‘z-o‘zidan tezkor harakatlanish, zarur axborot-larni zudlik bilan qo‘lga kiritish, ularni qayta ishlash va amaliyotga samarali tatbiq qilishni taqozo etadi. Bu tarzda harakatlanish imkoniyatiga o‘z sohasining bilimdoni bo‘lgan, kasbiy malakalarni yuqori darajada egallay olgan, boy tajriba va mahoratga ega kadrlargina ega bo‘ladilar. Shunday ekan, oliy ta’lim muassasalarida kadrlarni o‘qitish jarayonida davrning mazkur talabini inobatga olish maqsadga muvofiqdir.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev ta’kidlaganidek: “Ikkinchi vazifa - umumta’lim maktablari, litsеy va kasb-hunar kollеjlari, shuningdеk, oliy o‘quv yurtlaridagi o‘qitish sifati bilan bog‘liq. Zamonaviy o‘quv rеja va uslublarini joriy etish talab darajasida emas. Bolalar va yoshlarga maxsus fanlar, mamlakatimiz va jahon sivilizatsiyasi tarixini, horijiy tillarni va za­monaviy kompyutеr dasturlarini chuqur o‘rgatish vazifalari hali sifatli va to‘liq holda yechilgani yo‘q.” [4].

Download 1.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling