Zahiriddin muhammad bobur nomli andijon davlat universiteti axborot texnologiyalari va kompyuter injiniringi fakulteti
Download 1.84 Mb.
|
asilbek kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining maqsadi
- Kurs ishi ob’yekti
Kurs ishining dolzarbligi: Matn protsessori dasturlari va uning interfeysidan yuqori saviyada, oqilona foydalanish, yangi versiyalarini tezkorlikda o‘zlashtirish, uning imkoniyatlaridan to‘laqonli foydalanish bugungi kunda o‘qituvchi va o’quvchilar, shu soha bilan shug‘illanuvchi mutaxassislar oldida turgan eng muhim va asosiy vazifalardan biridir. SHu ma’noda “Informatika va axborot texnologiyalari” fanida Matn protsessori dasturlari va uning interfeysi mavzusini o‘qitishda zamonaviy o‘qitish metodlaridan foydalanish informatika o‘qitish metodikasi oldida turgan muammolaridan biridir. Ushbu fikrlardan ma’lum bo‘ladiki, tanlangan kurs ish “Matn protsessori dasturlari va uning interfeysi” mavzusini o’qitishda innovatsion ta’lim texnologiyalardan foydalanish mavzusi dolzarbligini belgilab beradi.
Kurs ishining maqsadi: “Matn protsessori dasturlari va uning interfeysi” mavzusini o’qitishda innovatsion ta’lim tеxnologiyalaridan foydalanib ta’lim sifatini oshirish. Kurs ishining vazifalari: Informatika va axborot texnologiyalarini o’qitishda innovatsion ta’lim texnologiyalaridan foydalanishning nazariy masalalarini yoritish; Informatika va axborot tеxnologiyalari fani taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlari; Informatika va axborot tеxnologiyalari fanini o‘qitishdagi innovatsiyalar va ilg‘or xorijiy tajribalarni o’rganish; Informatika va axborot tеxnologiyalari fani dasturining qisqacha tavsifi “Matn protsessori dasturlari va uning interfeysi” mavzusini o’qitish metodikasi tavsifini bеrish; Kurs ishi ob’yekti: Umumiy o’rta maktablarida Informatika va axborot texnologiyalari fanini innovatsion texnologiyalar orqali bilim berish jarayoni. Axborot va raqamli texnologiyalarOlimlarning fikriga ko‘ra, insoniyat 40 ming yildan ziyod vaqtdan beri hayot kechirib va shu vaqt davomida doimiy ravishda sezgi organlari orqali atrof-muhitdan turli ma’lumotlarni qabul qilib kelgan. Jamiyat paydo bo‘lgandan keyin esa odamlar muloqot jarayonida axborot almashinib, uni saqlashga urinishgan. Axborot saqlashning eng qadimgi usullari haqida arxeologlar tomonidan topilgan rasm, belgilar, qadimgi qo‘lyozmalar orqali bilish mumkin. Axborotni qabul qilishda insonning sezgi organlari (retseptorlar) muhim rol o‘ynaydi. Ular, asosan, quyidagilardan iborat: ko‘rish orqali atrof-muhitni, ranglarni va obrazlarni qabul qiladi; eshitish orqali tovush, musiqa, ovoz kabi axborotni qabul qiladi; hid sezish, burun retseptorlari yordamida turli hidlarni ajrata oladi; ta’m bilish, til retseptorlari yordamida achchiq, chuchuk, sho‘r yoki nordon narsalarni ajrata oladi; his etish, teri retseptorlari yordamida issiqni sovuqdan, yumshoqni qattiq narsadan ajrata oladi. Barcha retseptorlar orqali olingan axborot inson miyasida saqlanib qoladi. Demak, axborot bu inson sezgi organlari orqali atrof-muhitdan olingan turli ma’lumotlar ekan.Kim yoki nima haqidagi ma’lumotlar ham axborot hisoblanadi. Inson axborotning: 90% ini — ko‘rish, 9% ini — eshitish, 1% ini — his qilish, ta’m va hid bilish orqali qabul qilar ekan. Demak, axborot bu inson sezgi organlari orqali atrof-muhitdan olingan turli ma’lumotlar ekan. Kim yoki nima haqidagi ma’lumotlar ham axborot hisoblanadi. Download 1.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling