Zahiriddin muhammad bobur nomli andijon davlat universiteti axborot texnologiyalari va kompyuter injiniringi fakulteti


Yangi texnologiyalar afzalliklari


Download 1.84 Mb.
bet5/12
Sana14.03.2023
Hajmi1.84 Mb.
#1267594
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
asilbek kurs ishi

Yangi texnologiyalar afzalliklari
Hozirgi kunda ko'plab mamlakatlar sog'liqni saqlash, transport, mudofaa va milliy xavfsizlik kabi ko'plab sohalarda sun'iy intellekt afzalliklaridan foydalanib kelmoqda. PricewaterhouseCoopers (PwC) konsalting kompaniyasi tadqiqotlari shuni ko'rsatadiki, global sun'iy aql 2030-yilga kelib jahon iqtisodiyotiga 15,7 milliard trillion AQSH dollarimiqdorida hissa qo'shishi kutilmoqda. Bu jahon yalpi ichki mahsulotini 26 foizga o'sishiga olib keladi.
Xorijda sun'iy intellekt texnologiyasini o'z soliq tizimida qo'llayotgan mamlakatlar soni yildan yilga ortib bormoqda. Jumladan, Daniya 2018-yilda soliq to'lashdan bo'yin tovlash natijasida qariyb 325 million AQSH dollari zarar ko'rgan. Mamlakat hukumati sun'iy aql vositalarini o'z soliq tizimiga tatbiq etishi natijasida soliqlarni to'lashdan bo'yin tovlashning har 100 holatidan 85 tasini muvaffaqiyatli aniqladi. SHuningdek Hindiston hukumati soliqlarni to'lashdan bo'yin tovlash bilan kurashish va soxta firmalarni aniqlash uchun sun'iy aql vositasidan foydalanishga kirishgan etakchi mamlakatlar qatorida turadi.
Negaki, soliq ma'murchiligiga sun'iy aqlni joriy etilishi qo'yidagi afzalliklarga ega bo'lish imkoniyatini beradi. Jumladan, ayni kunda soliq to'lashdan bo'yin tovlash holatlarini aniqlash. soliq idoralari soliq auditi jarayonida firibgarlikni aniqlashga harakat qilishadi. Hujjatlar to'plamidan aniq ma'lumotlarni topish bu pichan ichidan igna qidirish kabi zahmatni talab qiladi. Aslida algoritmlaridan foydalanib, katta miqdordagi ma'lumotlarda noodatiy yozuvlarni aniqlay oladigan, sun'iy aqlni qo'llab-quvvatlaydigan tizimlarni yaratish mumkin.  
Takroriy vazifalarni avtomatlashtirish uchun sun'iy intellektni qo'llab-quvvatlaydigan robotlarning qo'llanilishi mutaxassislarga hujjatlar ustida ishlashni kamaytirishga xizmat qilsa, shaffoflikni oshirish esa, soliqqa tortishning avtomatlashtirilgan jarayonida korruptsiyani kamaytirshga yordam beradi.
Sun'iy intellekt yordamida avtomatlashtirilgan komp`yuterlar soliq ma'lumotlarini prognoz va tahlil qilish uchun sarf-xarajatlarni kamaytirishda ham katta imkoniyatga ega. Bunday ma'lumotlardan foydalanib yillik o'zgarishlarni kuzatib borish va mablag'larni tejash mumkin.
Raqamli texnologiyalar taraqqiy etgan asrda eng muhum omil bu ma'lumotlar hisoblanadi. Ularni to'plab, o'rganishlar asosida xulosalar chiqarishda Big Data texnologiyasining ahamiyati katta. Undan qo'pincha salmoqli ma'lumotlarning prognozli tahlillariga yoki ma'lumotlardan qiymat chiqarib olishning boshqa usullariga murojaat qilishda ham foydalaniladi. Big Data texnologiyalaridan olinadigan daromadlar yildan yilga o'sib bormoqda. U 2019-yilda 189,1 milliard dollarni tashkil etgan bo'lsa, 2022-yilda 274,3 milliard dollarga etishi kutilmoqda. AQSH, Avstraliya kabi mamlakatlarda katta hajmli ma'lumotlar texnologiyalarini rivojlantirish va moliyalashtirish bo'yicha maxsus davlat dasturlari ishlab chiqilgan.
Avstraliyaning dasturi — "Smarter Data" aqlli ma'lumotlar deb nomlanadi, U xatarlarni baholash, tahlil qilish, soliq to'lovchilarning doimiy ravishda yangilanib turadigan profillarini yaratish, ma'lumotlardan turli maqsadlarda foydalanishni avtomatlashtirish, shuningdek, mazkur tahlil jarayonlari uchun katta hajmli ma'lumotlardan foydalanishga asoslangan. Mazkur texnologiya Blokcheyn texnologiyasi bilan birgalikda qo'llanganda katta miqdordagi operatsiyalarni bajarish, QQSni (manfiy summasini) qaytarish va transchegaraviy operatsiyalarni kuzatish mumkin bo'ladi.
Davlatimiz rahbarining yuqorida qayd etilgan “Sun'iy intellekt texnologiyalarini jadal joriy etish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to'g'risida’’gi hamda Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 5-iyundagi “Soliq ma'muriyatchiligida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi qarorlariga asosan, 2022-yilning may oyiga borib, soliq sohasida yuridik shaxslarning soliq tushumlarini tahlil qilish, soliq to'lovlaridagi tafovutlarni aniqlashda sun'iy intellekt texnologiyalarini qo'llash dasturiy ta'minotni ishlab chiqish va tajriba-sinov loyihasini joriy etish belgilangan, 2023-yil iyuniga kelib esa, katta hajmdagi ma'lumotlarni boshqarish va tahlil qilish imkonini beruvchi “Big Data” texnologiyalarini yo'lga qo'yish mo'ljallanmoqda.
Ma'lumotlarga ko'ra 2015-2016-yillarda Moliya vazirligining g'aznachilik departamenti va Davlat soliq qo'mitasi bilan hamkorlikda byudjetdan tashqari mablag'larni to'g'ridan-to'g'ri Moliya vazirligi g'aznachiligiga tushirishni yo'lga qo'yish maqsadida ma'lumotlar markazi serverlarining bir qismi yangilagan, biroq mazkur elektron qurilmalar bugungi kunga kelib ancha eskirgan.
Shu nuqtai nazardan, mamlakatimizda coliq tizimiga Big Data texnologiyasini joriy etish muddatlarini yanada jadallashtirish zarur. Agar u blokcheyn texnologiyasi birgalikda qo'llansa, tizim serverlarida zo'riqishlar yuzaga kelishi kamayadi hamda ma'lumotlarni uzatish tezlashadi. Chunki, blokcheyn ma'lumotlarni serverlarda emas, tarmoq bo'ylab saqlaydi.
2021-yilning 28-aprel kuni Vazirlar Mahkamasining “Mahsulotlar (tovar va xizmatlar) yagona elektron milliy katalogini joriy etish, tadbirkorlik sub'ektlari o'rtasida tuzilgan shartnomalarni elektron ro'yxatdan o'tkazish va tovar-moddiy boyliklarni olish uchun ishonchnomalarni elektron rasmiylashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarorining qabul qilinishi bu yo'ldagi yana bir muhim qadam bo'ldi. Shu yilning 1-iyunidan tatbiq etiladigan bu xizmatlarning xo'jalik yurituvchi subyektlar o'rtasida elektron ma'lumotlarning tizimli va izchil almashinuvini ta'minlash, birlamchi buxgalteriya hujjatlarini avtomatlashtirish hamda soliq to'lovchilarga soliq yukini keskin kamaytirish imkoniyatini yaratishi ko'zda tutilgan
Prezidentimizning “Sun'iy intellekt texnologiyalarini jadal joriy etish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to'g'risida’’gi qaroriga ko'ra, joriy yilning 1-martidan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Raqamli texnologiyalar va sun'iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot institutining tashkil qilinishi “Raqamli O'zbekiston – 2030” strategiyasini har tomonlama amalga oshirishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlarni tashkil qilish hamda iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha va davlat boshqaruvi tizimida sun'iy intellekt texnologiyalarini joriy qilish; mazkur yo'nalishda fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlarni olib borishdagi ahamiyati katta bo'ladi.
Nazarimizda, shu bilan birgalikda, raqamli texnologiyalarning shiddat bilan rivojlanishi va sohaning malakali mutaxasislarga ehtiyojini oshishi oliy ta'lim muassasalarida “Soliq va raqamli texnologiyalar” bo'yicha alohida o'quv yo'nalishini tashkil etilishni taqozo etmoqda. Bu eng avvalo, tizimning salohiyatli kadrlar bilan ta'minlanishiga yanada keng yo'l ochadi.
Jahon tajribasi ko'rsatib turibdiki, sun'iy aql va Big Data texnologiyalari nainki soliq idoralari ishini jadalashtirishga, shu bilan birga, “elektron hukumat” faoliyati samaradorligining oshishini hamda mamlakatda “raqamli iqtisodiyot”ning rivojlanishiga va eng muhimi, yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirishga ham yordam beradi.

“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da bеlgilangan asosiy vazifalardan biri fan, ta’lim va ishlab chiqarish intеgratsiyasini rivojlantirishdan iboratdir. Ushbu masala yechimida axborot, pеdagogik va ishlab chiqarish tеxnologiyalari o’rtasida o’zaro bog‘liqlik, muvofiqlik, bir-birini to’ldiruvchanlik bo’lishi talab etiladi. Hozirgi kunda har bir pеdagog yoki ishlab chiqarish xodimi axborot kommunikatsiya tеxnologiyalari va tеxnik tizimlari majmuini puxta bilishi taqozo etilmoqda. SHu bilan bir qatorda pеdagog ishlab chiqarishning faol ishtirokchisi, ishlab chiqarish mutaxassisi ham o’z navbatida pеdagog vazifasini bajarishi lozim. SHuningdеk, fan rivoji oliy o’quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot institutlaridagi olimlarning faoliyatiga, ishlab chiqarish bilan hamkorligiga, fan yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy etilishiga bog‘liqdir. Ta’lim muassasalarida innovatsion pеdagogik tеxnologiyalar va o’qitishning zamonaviy tеxnik vositalarini qo’llanilishi kadrlar sifatiga salmoqli ta’sir ko’rsatadi. Innovatsion pеdagogik tеxnologiyalarni rivojlanishi esa bеvosita axborot tеxnologiyalari rivojiga, ulardan ta’lim bеruvchilar va oluvchilarning foydalana bilish darajasiga bog‘liqdir. Dеmak, pеdagogik tеxnologiyalarni rivoji kadrlar tayyorlash sifatiga, kadrlar sifati esa ishlab chiqarish tеxnologiyalarini takomillashuviga ta’sir ko’rsatadi. SHu sababli, pеdagogik va ishlab chiqarish tеxnologiyalari bir-biri bilan uzviy bog‘liq holda, axborot tеxnologiyalari rivoji asosida takomillashib borishi, shuningdеk axborotlar makoni ta’lim va ishlab chiqarish ma’lumotlari bilan boyitilib borilishi zarurdir.


Bugungi kunda raqamli texnologiyalar shiddat bilan rivojlanib boryapti va har bir sohada zamon bilan hamqadam odimlashni taqozo etmoqda. Axborot olish va foydalanish tezligi juda yiriklashgan hozirgi davrda ta’lim tizimida raqamli texnologiyalardan foydalanish ta’lim sifatini oshirish va ijtimoiy faol yoshlarni tarbiyalashda katta axamyatga ega. Biz ilgari ta’lim dasturlarini an’anaviy usuli ya’ni ma’ruzani yirik xajmli kitoblar va qo`llanmalar orqali amalga oshirilgan shaklida olib borganmiz. Bu esa o`z navbatida ta’lim sifatining u qadar yuqori bo`lishini ta’minlamagan. Xozirda ta’lim sifatini ko’tarishda ta’limni raqamlashtirish jarayoni boshlangan. Ta’lim tizimining hozirgi holati noan’anaviy ta’lim texnologiyalarining roli ortib borayotgani bilan tavsiflanadi. Ta’lim oluvchi tomonidan ularning yordami bilan bilimlarni o’zlashtirish an’anaviy texnologiyalarga qaraganda ancha tezdir. Ushbu texnologiyalar bilimlarni rivojlantirish, egallash va tarqatish xarakterini o’zgartiradi, o’rganilayotgan fanlarning mazmunini chuqurlashtirish va kengaytirish, uni tezda yangilash, samaraliroq o’qitish usullarini qo’llash, shuningdek, har bir kishi uchun ta’lim olish imkoniyatini sezilarli darajada kengaytirish imkonini beradi. Raqamli texnologiyani o’zi nima degan savolga quyidagicha javob beramiz: bu – xo’jalik yuritishning bir zamonaviy shakli bo’lib. unda ishlab chiqarish va boshqarishning asosiy faktori sifatida raqamli ko’rinishdagi katta ma’lumotlar majmui va ularni qayta ishlash jarayoni xizmat qiladi. Olingan natijalarni amaliyotda ishlatish esa an’anaviy ho’jalik yuritish shakllariga nisbatan ancha katta samaradorlikka erishishga imkon beradi. Misol sifatida turli xildagi avtomatik ishlab chiqarish jarayonlarini, 3D-texnologiyasini, bulutli texnologiyalarni. masofaviy meditsina xizmatlari ko’rsatishni, aqlli texnologiyalar yordamida mahsulot yetishtirish va uni yetkazib berishni, turli xildagi tovarlarm saqlash va ularni sotish jarayonlarini keltirish mumkin.
Raqamli texnologiyalar - narsalar interneti (Internet of Things, IoT). Raqamli axborotga asoslangan asosiy texnologiyalardan biri bu narsalar internetidir. Ko’pgina maishiy texnikaning elektr tarmog’iga ulanganligi odatiy holdir, lekin asta-sekin jismoniy dunyoning tobora ko’proq ob’ektlari Internetga ulanadi, bu esa ma’lumot to’plash va hatto ushbu ob’ektlarni masofadan turib boshqarish imkonini beradi. Darhaqiqat, Internetda ob’ekt va tashqi dunyoning turli parametrlarini o’z ichiga olgan va Internet orqali ob’ektni boshqarish imkonini beruvchi jismoniy ob’ektning virtual nusxasi paydo bo’ladi. Narsalar internetiga misol qilib, kinoteatrdagi proyektor kabi qurilma texnik qo’llab-quvvatlash xizmatiga aniqlangan nosozlik va rejadan tashqari ta’mirlash doirasida almashtirilishi kerak bo’lgan ehtiyot qismlar ro’yxati haqida signal yuboradi. . Raqamli texnologiyalar - kengaytirilgan haqiqat (AR). Eng istiqbolli - bu virtual dunyodan real dunyoga ob’ektlarni qo’shish imkonini beruvchi to’ldirilgan reallik texnologiyasi. Tasavvur qiling-a, ko’chada yurib, atrofingizdagi narsalar va odamlar haqida qo’shimcha ma’lumotni ko’rasiz. Kengaytirilgan haqiqat misollari allaqachon mavjud va faol qo’llanilmoqda, ba’zi istiroxat bog’larida siz jismoniy dunyodagi ob’ekt va virtual dunyo o’rtasidagi aloqalarni ko’rsatadigan belgilarni allaqachon ko’rishingiz mumkin. Toʻldirilgan reallik elementlariga ega oʻyinlar faol tarqalmoqda, kiyim-kechak sotiladigan doʻkonlarda virtual oyna va jihozlash xonalari mavjud, toʻldirilgan reallik allaqachon avtomobillarda sinovdan oʻtkazilmoqda. Shu bilan birga, toʻldirilgan reallik texnologiyalaridan faol foydalanish yoʻlida hal qilinishi kerak boʻlgan masalalar ham mavjud. Masalan, geopozitsiyani aniqlash vositalarining aniqligi hali ham etarli emas yoki jismoniy dunyo ob’ektlarini ularning virtual nusxalari bilan bog’lash uchun kompyuterda ko’rish texnologiyalari nomukammal. Biroq, ishonch bilan aytish mumkinki, yaqin kelajakda ushbu texnologiya yutuq bilan bog’liq bo’lishi mumkin.
Raqamli ta’lim tizimini yuksalishiga Wi-Fi zonalar IT parklar ochilishi katta xizmat qiladi. Ta’lim beruvchilarni raqamli texnologiyalar bilan ishlash qobiliyatini o`stirish va internet orqali turli ochiq kurslar tashkil etish imkoniyati tug’iladi. Bu esa o’z navbatida ta’lim beruvchilarni o`z ustida ko`proq ishlashi va raqobat tufayli ta’lim sifatini yanada ortishiga xizmat qiladi. Bundan tashqari raqamli texnologiyalar yana sun’iy intellekt texnologiyasini joriy etish soliq to’lashdan bo’yin tovlash holatlarini aniqlash, firibgarliklarni oldini olish, ma’lumotlarni tahlil qilish va takrorlanuvchi jarayonlarni avtomatlashtirish hamda shaffoflikni oshirishda qo’l kelsa, katta hajmli ma’lumotlar — Big data esa soliq organlariga kelib tushadigan katta hajmdagi ma’lumotlarni saqlash, qayta ishlash, tushumlarni yanada yaxshiroq bashorat qilish hamda to’lovchilar va soliq organlari o’rtasidagi hujjat almashinuvini yaxshilash imkoniyatini beradi. Raqamli texnologiyalarni o’zlashtirish insoniyat tarixidagi boshqa innovatsiyalarga qaraganda tezroq sodir bo’lmoqda: bor-yo’g’i yigirma yil ichida raqamli texnologiyalar rivojlanayotgan mamlakatlar aholisining qariyb 50 foizini qamrab olishga va ularning yordami bilan jamiyatlarni o’zgartirishga muvaffaq bo’ldi. Masalan, sog’liqni saqlash sohasida sun’iy intellektdan foydalanishga asoslangan ilg’or texnologiyalar inson hayotini saqlab qolish, kasalliklarni aniqlash va umr ko’rish davomiyligini oshirishga xizmat qilmoqda. Ta’lim sohasida virtual o’quv muhiti va masofaviy ta’limning ta’minlanishi talabalarga boshqa imkoniyatga ega bo’lmagan dasturlarda qatnashish imkonini berdi. Bundan tashqari, blokcheynga asoslangan tizimlardan foydalanish orqali davlat xizmatlaridan foydalanish qulay bo’ladi, ularni ta’minlovchi institutlar mas’uliyatini oshiradi va sun’iy intellektdan foydalanish natijasida jarayonlar kamroq byurokratik bo’ladi. Katta ma’lumotlar, shuningdek, yanada moslashuvchan va aniq siyosat va dasturlarga olib kelishi mumkin. Quyida raqamli texnologiyalrni bazilariga to’xtalib o’tamiz: bulutili texnologiyalar –internet foydalanuvchisiga on-layn xizmat sifatida kompyuter resurslarini taqdim etiladigan ma’lumotlarni qayta ishlash texnologiyalaridir.






Dars ishlanma

Mavzu: Axborot va raqamli texnologiyalar mavzusini o`qitish metodikasi



Download 1.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling