O`zbekiston Respublikasining ijtimoiy-ekologik muammolar va ularning hal qilish masalalari


II. 2 Tabiatni muhofaza qilishda atmosfera havosini tozalanishi va ekologik muammolarni bartaraf etilishi


Download 172.09 Kb.
bet6/9
Sana16.06.2023
Hajmi172.09 Kb.
#1511957
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
13-mavzu O`zbekistonda ijtimoiy ekologik muammolar

II. 2 Tabiatni muhofaza qilishda atmosfera havosini tozalanishi va ekologik muammolarni bartaraf etilishi.

Iqtisodiyotni barqaror rivojlanishini aholi turmush darajasini yuksaltirish sanoat, ishlab chiqarish sohasi, qishloq xo`jaligini isloh qilish bilan cheklanmay, atrof – muhitni muhofaza qilish bilan bog`liq muammolarni hal qilishni ham o`z ichiga oladi. O`zbekiston jahon iqtisodiyotiga jadal kirib borar ekan, atrof – muhitni muhofaza qilish masalasi ham hukumatimiz tomonidan iqtisodiy islohotlar va tarqqiyotning muhim yo`nalishlaridan biri sifatida tan olinmoqda.


Atmosfera nafaqat tiriklik manbai, u tuganmas boylik hamdir. Undan turli maqsadlarda foydalaniladi. Masalan, u hom – ashyo shuningdek undan turli xil qurilmalarni sovitishda, transport yo`li sifatida foydalaniladi.
Dengiz va okeanlarda o`sadigan o`simliklar ham havoga kislorod chiqaradi. Ammo so`nggi yillarda dengiz va okeanlar yuzi neft qatlamalari bilan qoplanib, suv va havo o`rtasida energiya almashinishi va kislorodning havoga kamroq chiqishi hollari kuzatiladi. Bu esa yer kurrasida kislorodning tabiiy dinamik muvozanatini buzilishiga olib keladi. Shu boisdan hozirgi vaqtda atmosferani muhofaza etish umumjahon muammosi hisoblanadi.
1996-yil 27 – dekabrda mustaqil O`zbekiston Respublikasining “Atmosfera havosini muhofaza qilish to`g`risida” gi qarori qabul qilindi. 1
Qonunning maqsadi – atmosfera havosini mustaqil tabiiy obyekt unsure sifatida huquqiy jihatdan muhofaza qilish. Mazkur qonunning asosiy vazifalari: atmosfera havosining tarkibini saqlash; turli xil kimyoviy, fizik, biologic va boshqa xil ta`sirning lodini olish, dalat, yuridik va jismoniy shaxslarning mazkur sohadagi faoliyatini huquqiy jihatdan tartibga solishdir. Atmosfera havosi ham umummilliy boylik hisoblanadi va davlat tomonidan muhofaza qilindi.
Mustaqil respublikamizda atmosfera havosini ekologik – huquqiy muhofaza qilish nafaqat ushbu qonun, balki tabiatni muhofaza qilish, alohida muhofaza etiladigan tabiit hududlar, cuv va suvdan foydalanish, o`simlik dunyosini muhofza qilish va undan foydalanish kabi ixtisoslashtirilgan korxonalar, tadbirkorlik faoliyati erkinligini kafolatlash to`g`risidagi qonunlar, yer, jinoyat, fuqorolik, ma`muroy javobgarlik to`g`risidagi qonunlar kabi umumlashtirilgan qonunlar va boshqa me`yoriy huquq manbalari asosida ish olib boriladi.
1986 – yilda qabul qilingan O`zbekiston Respublikasi atmosfera havosini muhofaza qilish to`g`risidagi qonunning bir qator afzallik tomonlari bor. 2 Avvalambor, yangi qonunda O`zbekiston Respublikasi xalqaro huquqning mustaqil subyekt sifatida qaraldi. U o`z mazmuni va mohiyatiga ko`ra bozor iqtisodiyoti va fiqorolik jamiyatining asosiy tamoyillariga tayanadi. Mustaqil Respublikamiz qonunida atmosfera havosini birinchi bor tabiiy resurslar tarkibidan joy olgan. Avvalgisida esa atmosfera havosi faqatgina tabiiy obyekt sifatida qaralgan edi, xolos. Atmosfera havosiga tabiiy resurs sifatida qaralishiga sabab bo`ldi.
Ekologlarimiz va butun jamoatchilikning sat – harakatlari natijasida keyingi yillarda suvni ifloslantirishga nisbatan odamlarning munosabati ijobiy tomonga o`zgardi.
Atmosfera havosi keyingi 35 – 40 yil ichida viloyatda sanoat ishlab chiqarish qishloq xo`jaligi, kimyolashtirishning jadal rivojlanishi, tabiiy boyliklardan chegarasiz foydalanish oqibatida tabiat manbalariga, uning ekologik holatiga juda katta zarba berildi. Boz ustiga ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishda ekologik omillar deyarli hisobga olinmadi.
Qo`mitamiz tashkil etilgan birinchi kundanoq asosiy e`tiorini mintaqadagi ekologik muammolarni hal qilishga qaratdi. Shu maqsadda joylarda 6 ta mintaqaviy va 10 ta tuman tabiatni muhofaza qilish qumitasi tashkil qilinib, mutaxassis xodimlar bilan ta`minladi. Har biriga atrof – muhitni saqlash, tabiiy manbalardan tejamli va oqilona foydalanishga qaratilgan aniq vazifalar yuklatildi.
Shuni mamnuniyat bilan ta`kidlash kerakki, viloyatda tabiatni muhofaza qilish tashkilotining tuzilishi atrof – muhit tabiiy holati buzilishining oldini olish va uni to`xtatish imkoniyatini yaratuvchi omillardan eng asosiysi bo`ladi.
Qo`mita tashkil bo`lgandan keyin o`tgan 15 yil davomida amalga oshirilayotgan ishlar ham son, ham sifat jihatdan yaxshilandi. Agar 1989-yilda korxonalar, tashkilotlar va xo`jalik yurituvchi subyektlar tomonidan atmosferaga 850 ming tonnaga yaqin zararli modda chiqarilgan, hozirgi kunga kelib, bu ko`rsatkichlar 3 marta kamaydi. 1
Bugungi kunda viloyat atmosfera havosiga yiliga o`rta hisobda 250 ming tonnage yaqin zararli modda chiqarilayotgan bo`lsa, ochiq suv havzalariga 15 million kub metrga yaqin ifloslangan suv tashlanmoqda. Bundan ko`rinib turibdiki, ekologik ahvolni yaxshilashda qo`mita va uning joylardagi tizimlari hodimlari tomonidan katta ishlar amalga oshirilgan. Biroq atmosfera havosiga chiqarilayotgan zararli moddalar, oshiq suv havzalariga tashlanayotgan ifloslangan suv miqdori hamon yuqoriligicha qolmoqda. To`g`ri, yildan – yilga salbiy ko`rsatkichlar hajmining kamayish tendensiyasi kuzatilyapti.
O`zbekistonda joylashgan korxona, tashkilot va xo`jaliklarda tabiat muhofazasi bo`yicha ishlab chiqilgan tadbirlar so`zsiz bajarilishini qattiq nazorat ostiga olganmiz. Korxona, tashkilot va xo`jaliklarda tabiat muhofazasi bo`yicha rejalashtirilgan tadbirlarni bajarish uchun ajratilgan mablag`larni to`la o`zlashtirilishi uchun astoydil harakat qilinmoqda.
Birgina Olmaliq tog` – mrtallurgiya kombinati tabiat muhofazasi obyektlari qurilishiga har yili 2 mlrd so`mdan ortiq mablag` sarflanmoqda.
Bekoboddagi O`zbekiston Metallurgiya kombinati aksiyadorlik ishlab chiqarish birlashmasining elektr yordamida po`lat eritish sexida yiliga 800 ming tonna po`lat eritadigan DSP – 100 rusumli yangi pech ishga tushirildi. 1 Yangi sexning ishga tushirilishi eski ishlab turgan 3 ta pechning ish seklidan chiqarilishiga va havo atmosferasiga chiqariladigan zararli moddalar miqdorining tubdan kamayishiga olib keldi. “Ohangaronsement”, “Ohangaronshifer”, “Ohangaronsement” korxonalarida ham tabiat muhofazasi bilan bog`liq qurilishlarga ma`lum darajada mablag` ajratilmoqda. 2
Toshkent shahrining Ohangaron tumanidagi axlatxonasi viloyatimizdagi yana bir dolzarb masalalardan biridir. Ushbu axlatxonalarda yonayotgan va chirindi chiqindilarning zaharli hidi unlab kilometr masofaga cho`zilib, Beshtemirdan Olmaliqqacha, Krasnogorsdan To`ytedagacha tarqaladi. Shu bilan birga viloyat atmosfera havosi va suv zahiralari zaharlanishiga olib kelmoqda. Bunday holatning oldini olish uchun Toshkent shahar mutasaddikari hech qanday mas`uliyatni sezishmayapti. Chunki axlatxona hududi shaharniki emasda.
Atmosfera havosining ifloslanish darajasi nisbatan barcha o`lchanadigan ingredentlar bo`yicha Bekobod, Buxoro, Guliston, Denov, Muborak, Namangan, Nurobod, Kogon, Samarqand, Kitob, Urganch, Chirchiq, Yangiyo`l, Saroisiyo va Shahrisabz shaharlarida sanitargigenik me`yorlarga to`g`ri kelgan. 3
Toshkent, Farg`ona nva Navoiy shaharlarida atmosfera havosining ifloslanish darajasi pasaygan bo`lsada, sanitary – gigenik me`yorlari darajasiga nisbatan azot dioksidi bo`yicha Toshkent shahrida Ferg`ona va Navoiy shaharlarida ortiq.
Sanitar – gigenik me`yorlarning o`tgan yil darajasidafi ifloslanish Qo`qon shahrida azot, Angren shahrida fenol bo`yicha kuzatilgan. 1
Atmosfera havosidagi ifloslantiruvchi moddalarning Qo`qon, Farg`ona va Navoiy shahrida chang bo`yicha ortganligi kuzatilgan. 2005-yilning 1-choragida atmosfera havosida ifloslantiruvchi moddalarning sanitariya – gigenik me`yorlardan ortganligi Navoiy shahrida 3 ta ifloslantiruvchi modda bo`yicha, Qo`qon va Farg`ona shaharlarida 2 ta modda bo`yicha hamda Olmaliq, Angren, Andijon, Toshkent va Nukus shaharlarida 1 ta modda bo`yicha kuzatilgan. 2
Atmosferaga qo`zg`almas va harakatdagi manbalardan tashlanayotgan ifloslantiruvchi moddalar tashlanayotgan ifloslantiruvchi moddalar miqdorini kuzatar ekanmiz, 2001-yil kuni bo`yicha 1991-yilga nisbatan atmosferaga 1.5 mln tonna kam zararli moddalar tashlanganligiga guvoh bo`lamiz. Qo`zg`almas manbalardan atmosferaga tashlanayotgan ifloslantiruvchi moddalarning asosiy miqdoriy qismi neft – gaz 35%, energetika 30% va metallurgiya 17% tarmoqlari hissasiga to`g`ri keladi. 3
Atmosferani ofloslanishdan muhofaza qilishda asosiy omil – sanoat korxonalidagi gaz – chang ushlagich qurilmalarning samarali ishlashidir, lekin bu yo`nalishda ham tashvishga asosli sabablar ko`p.
E`tibor bering, respublikamiz bo`yicha 10923 ta gaz – chang ushlagich qurilmalari ishlab chiqarishdan chiqayotgan tashlamalarni tozalshda ishlatilayotgan bo`lsa, ularning 22.7 foizi 10 yilgacha ba qolgan 38 foizi 10 yildan ortoq muddatga ishlatilmoqda. 4
Bu qurilmalarning asosiy qismi ma`naviy va fizik jihatdan eskirgan. Gaz va changlarni ushlab qolish samaradorligi hozirgi kun talabiga javob bermaydi. Shu bois qo`mitamiz tomonidan mazkur asboblarni o`zimizda ishlab chiqarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif tayyorlanyapti.
Hozirgi kunda dunyoda ekologik masalalar bilan shug`ullanadigan ko`plab tashkilotlar ta`sis etilgan. Lekin tabiatni asrab – avaylash faqatgina ul;arning vazifasi bo`libgina qolmay, keng jamoatchilik ishidir.
Atmosfera – havosi umuminsoniyat boyligi, desan also mubolag`a bo`lmaydi. Qkologiya huquqining boshqa manbalaridan farqli, unda ko`proq xalqaro huquq normalarini aks ettirish maqsadga muvifiqligi ham o`shandadir.
Atmosfera havisini muhofaza qilish standartlari va me`yorlari sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. Agarda kishilarga salbiy ta`sir ko`rsatuvchi atmosfera havosi standarti sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan o`rmatilsa, iqlim, ozon qatlami va boshqa havo standartlari tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasi tomonidan o`rnatiladi.
Sobiq ittifoq hududida mustaqil respublikalarning paydo bo`lishi ularga yaxshi amallarning ko`payishi bilan bir qatorda noekologik oqibatlarni ham keltirib chiqaradi. Bunga misol qilib rivojlangan mamlakatlardan keltirilgan eski avtomobil parkining to`planishi va ularni nosoz ekspluatatsiya qilinishi 1997-yildan boshlab ushbu holat O`zbekiston uchun qo`llanilmadi. Birinchi navbatda Atmosfera havosini muhofaza qilish to`g`risidagi qonunda chetdan olib kirilayotgan mashinalarga katta talablarning qo`yilishi va bojxona to`lovlarining ko`paytirilishi.
Ma`lumki, O`zbekiston Respublikasining Navoiy , Qo`qon, Chirchiq, Namangan, Buxoro kabi o`nlab shaharlarida yirik kimyoviy korxonalari mavjud. Atmosfera havosini muhofaza qilish to`g`tisidagi qonunning 18 – moddasida kimyoviy moddalarning ishlab chiqarilishi va ulardan foydalanivchi yuridik va jismoniy shaxslar uchun yo`l qo`yiladigan normativlar belgilangan, ularni nazorat qilish usullari va ekologik taksologik pasportlarini tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasi va sogliqni saqlash vazirligi belglagan tartibda ishlab chiqilishi ko`rsatilgan. Ishlatish taqiqlangan yoki ishlatishga yaroqsiz bo`lib qolgan har qanday kimyoviy moddalarning zararlantirilishi, borlarini esa xalq xo`jaligida foydalanishning qattiq me`yorlari o`rnatilishi talab etiladi. Yangi Qonun atmosfera havosini muhofaza qilish maqsadida osmondan turib defolyatsiya yoki dezintikatsiya qilishni taqiqlaydi.
Atmosfera havosini muhofaza qilishda yangi qonun barcha xo`jalik faoliyati, agarda u atmosfera havosiga ta`sir etishni mumkin bo`lsa, ekologik sertifikatsiyalanadi. Ekologik sertifikatsiyalash kashfiyotlar, ixtirolar, sanoat na`munalari, texnika va texnologiyalarni joriy etish paytida ham qo`llaniladi. Bu talab O`zbekistonning xalqaro hamjamiyat oldidagi burchi hisoblanadi.



Download 172.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling