O`zbekiston Respublikasining ijtimoiy-ekologik muammolar va ularning hal qilish masalalari
Download 172.09 Kb.
|
13-mavzu O`zbekistonda ijtimoiy ekologik muammolar
- Bu sahifa navigatsiya:
- I. 2 O`zbekistonda ekologik havfning vujudga kelishida suv zahiralarining ta`siri. I. 3 O`zbekistonda havo qatlamining buzilishi va uning oqibatlari.
- II. 2 Tabiatni muhofaza qilishda atmosfera havosini tozalanishi va ekologik muammolarni bartaraf etilishi. Xulosa. Kirish. Kurs ishining dolzarbligi
- Mavzuning o`rganilganlik darajasi
- Kurs ishining maqsad va vazifasi
- I Bob. O`zbekistonda ekologik vaziyatning yomonlashuvi va uning sabablari.
O`zbekiston Respublikasining ijtimoiy-ekologik muammolar va ularning hal qilish masalalari. Reja:
I Bob. O`zbekistonda ekologik vaziyatning yomonlashuvi va uning sabablari. I. 1 O`zbekistonda yerning tarkibining buzilishi va ekologik muammolarni vujudga kelishi I. 2 O`zbekistonda ekologik havfning vujudga kelishida suv zahiralarining ta`siri. I. 3 O`zbekistonda havo qatlamining buzilishi va uning oqibatlari. II Bob O`zbekistonda ekologik muammolarni bartaraf etish chora tadbirlari va ularning ahamiyati. II. 1 O`zbekistonda yer-suv manbalaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish chora tadbirlari. II. 2 Tabiatni muhofaza qilishda atmosfera havosini tozalanishi va ekologik muammolarni bartaraf etilishi. Xulosa. Kirish. Kurs ishining dolzarbligi: Mustaql Respublikamiz oldida “tabiatni muhofaza qilish va uning boyliklaridan oqilona foydalanish” kabi buyuk va oliyjanob vazifalar turibdi. Ayniqsa, bizning nazarimizda, bozor iqtisodi sharoitida ishlab chiqarishni to`g`ri yo`lga qo`yish va insonparvarlik nuqtai nazaridan kelib chiqib, tabiat va jamiyat o`rtasidagi o`zaro munosabatlarni uyg`un holda tashkil etish o`ta muhim hisoblanadi. To`g`ri, bizda hali bu yo`nalishda tegishli tadbirlar tizimi ishlab chiqilgani yo`q va bunga zaruriy vositalar ham yetarli emas. Uning yaqqol natijalari to`g`risida esa, hali gap ham bo`lishi mumkin emas. Bugunga kelib tabiat, atrof – muhit muhofazasi, xalqaro miqyosidagi mo`tabar tashkilotlarning ma`lumotiga qaraganda, bamisoli tinchlik, osoyishtalikni saqlashday dolzarb muammo qatorida yana bir muammoga aylanmoqda. O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning “O`zbekiston XXI asr bo`sag`asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” asarida mintaqaviy mojorolar, diniy ekstremizm va fundamentalizm, buyuk davlatchilik shovinizmi va agressiv millatchilik, etnik va millatlararo ziddiyatlar, korrupsiya va jinoyatchilik, urug` – aymoqchilik munosabatlari bilan bir qatorda ekologik xavfsizlik va atrof – muhitni muhofaza qilish muammolari alohida e`tiborga molikligi hamda milliy havfsizlikka tahdid soluvchi omillardan biri ekanligi ta`kidlab o`tilgan.1 Hozirgi kunda ijtomoiy muammolarni hal etishning ekologik yo`nalishi atrof – muhitga, ona zaminga oqilona munosabatda bo`lish, tabiatni muhofaza qilish borasidagi barcha tadbirlarni doimiy amalga oshirish va ushbu maqsadda aholi va ayniqsa, uning tarkibiy qismi bo`lgan yoshlarning ekologik madaniyatini yuksaltirish, ekologiya sohasidagi mutaxassislarni tayyorlash, oddiy xalqimiz orasida ekologiya muammolarini yoritishda mukammal ekologik ta`limni va shu bilan bir qatorda chora – tadbirlarni belgilash lozim. Ekologik ta`limning eng birinchi dolzarb masalasi – insonning ona tabiat oldidagi o`z burchini anglab yetishidan iborat. Atrof – muhitni muhofaza qilish muammosi, insonning salbiy shakllangan bir qancha stereotiplari bilan bog`liq. Yangi qurilayotgan korxona loyihasida atrof – muhitga yetkazilayotgan zarar e`tiborga olinmas ekan, yaqin kelajakda korxona tabiatga salbiy ta`sir ko`rsata boshlashi mumkin, vaholanki, ushbu korxona rahbariyati bundan habardor bo`lmasligi yoki bo`lsa ham, jiddiy e`tibor qaratmasligi odatiy holga aylangan. Ko`p hollarda qaror qabul qilinayotganda uning natijasi haqida batafsil o`ylamaymiz. Afsuski, chetdan biror kimsa mazkur qaror salbiy natijalarga olib kelishi mumkinligini aytsa, uni o`zgartirish haqida so`z ham bormaydi. Aksincha yetkazilgan zarar uchun jarima to`lanib, shu bilan kifoyalanadi. XX asrning ikkinchi yarmida tabiat va jamiyatning o`zaro ta`siri juda keng ko`lamda sodir bo`lishi tufayli umumzaminiy muammolar qatoriga mansub bo`lgan ekologik muammolarni keltirib chiqardi. Yuqorida ta`kidlanganidek, inson faoliyatining tabiatga ta`siri tarixiy davrlar davomida muntazam va uzluksiz ravishda orta bordi. Ammo insoniyat tarixida tabiatga ta`sirning misli ko`rilmagan darajada keskin kuchayishi fan – texnika taraqqiyoti bilan bog`liq. Fan – texnika taraqqiyoti insonning ta`biatga ta`sir ko`rsatuvchi qudratini oshishiga va buning natijasida uning ishlab chiqarish va ilmiy - texnik faoliyatini geologik miqyoslarda bo`lishini ta`minlaydi. Shu sababli ekologik muammolar inson hayoti tarzining fan – texnika taraqqiyoti bilan bog`liq bo`lgan omillar – industrializatsiya va urbonizatsiya, energetika xom ashyo va resurslarning kamayishi, tabiiy dinamik muvozanatning buzilishi natijasida atrof – muhit tabiiy sifatining yomonlashuvi bilan bog`liq bo`lgan muammolardir. Fan – texnika taraqqiyoti sharoitida jamiyat rivojlanishining shart – sharoitlari bo`lgan tabiiy resurslardan foydalanishning jadallashuvi va tabiiy muhitni muhofaza qilish hamda tabiiy resurslarni qayta tiklash orasidagi ziddiyatlar ekologik muammolarning negizini tashkil etadi. Ekologik muammolar milliy va mintaqaviy doiradan chiqib, butun insoniyatning umumiy muammosiga aylandi. Xullas, O`zbekistonda ekologik muammolar va ularni keltirib chiqarish sabablari puxta o`ylanib, ekologik muammoni bosh omili va uning bartaraf etish chora – tadbirlari “Tabiatni muhofaza qilish qo`mitasi” tomonidan o`rganib chiqildi. Mamlakatimiz aholisini birinchi navbatda toza ichimlik suvi bilan ta`minlashga hamda atmosfera havosini tozalashga jiddiy e`tibor qaratish kerakligi kun tartibiga eng muhim masala qilib kiritildi. Natijada ekologik muammolarni ko`lami va murakkabligi hozirgi vaqtga kelib dolzarb hisoblanib 9 ta xalqaro konfrensiyalarga a`zo bo`ldi. Ushbu halqaro tashkilotlar hamkorligi asosida respublikamizda qator loyihalar amalga oshirildi. Tabiatni muhofaza qilish borasida mamlakatimizda olib borilayotgan tashviqot – targ`ibot ishlari maqsadga muofiqdir. Tabiatga inson faoliyatining ta`siri hozirgi miqyoslarda davom etaversa, sayyoramizda tirik mavjudodlarning inson hayoti uchun fojeali bo`lishi mumkin bo`lgan ekologik hatti – harakatlarni keltirib chiqarishi tabiiydir. Shu sababli ekologik muammolarni hal etish. Birinchi Prezidentimiz I. Karimov ta`kidlaganidek “Barcha xalqlarning manfaatlariga mos bo`lib sivilizatsiyaning hozirgi kuni va kelajagi ko`p jihatdan ana shu muammoning hal qilinishiga bog`liqdir.”1 Yurtimizda 1991-2005 yillarda Tarixiy jihatdan juda qisqa bo`lgan ana shu davrda ijtimoiy – iqtisodiy va siyosiy sohalarda ulkan o`zgarishlar yuz berdi. Mamlakatimiz ijtimoiy – iqtisodiy taraqqiyotini jadallashtirish sharoitida tabiat muhofazasi va undan oqilona foydalanish masalasi butun xalq xo`jaligi bilan uzviy birlikda qaraydi. Mavzuning o`rganilganlik darajasi: Tanlangan mavzunig tarixshunosligi tahlili shuni ko`rsatadiki mustaqil O`zbekistonning atrof – muhit muhofazasi ekologik muammolarni hal etish jarayonlari O`zbekistonning turli yo`nalishdagi mutaxassis olimlarini diqqatini ko`proq jalb etgan masalalardan hisoblanadi. Mavzuga oid chop etilgan ilmiy tadqiqoq ishlari, minografiyalar, risola va matbuotda e`lon qilingan adabiyotlarni aytib o`tish mumkin. “Geologik muammolar” kitobi, “Ijtimoiy ekologiyaga kirish” risolasi, “Inson va tabiat” monografiyalari ekologik muammolar to`g`risida fikr bildiradi.2 Kurs ishining maqsad va vazifasi: Kurs ishining umumiy maqsadi O`zbekistonda ekologik muammolar va ularning hal etilishini o`rganib tahlil etishdan iborat. Mustaqil O`zbekistonning ekologik muammolarini keltirib chiqarish sabablarini o`rganish; O`zbekistonnning ekologik muammolarni hal etish jarayonini ko`ratib berish; O`zbekistonda ekologik muammoni muhim xususiyatlarini ochib berish; O`zbekistonda atrof – muhitni muhofaza qilish yo`nalishlarini bosqichma-bosqich kuzatish. I Bob. O`zbekistonda ekologik vaziyatning yomonlashuvi va uning sabablari. Download 172.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling