O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari


BOLANI RIVOJLANTIRISh BO‘YIChA FAOLIYAT


Download 1.39 Mb.
bet24/61
Sana11.01.2023
Hajmi1.39 Mb.
#1087709
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   61
Bog'liq
Davlat talablari majmua

BOLANI RIVOJLANTIRISh BO‘YIChA FAOLIYAT

bolaga quvnoq musiqalar qo‘yish va birgalikda raqsga tushish;
musiqaga monand qanday qarsak chalishni ko‘rsatish;
musiqaga monand oyoq va qo‘llar bilan qanday harakatlanishni ko‘rsatish;
alla aytish;
bolani chiroyli did bilan kiyintirish va kiyim detallariga bolaning diqqatini qaratish.

bola tasavvurini rivojlantiruvchi muhit yaratish;
bolaning musiqiy faolligini rivojlantiruvchi bolalar qo‘shiqlarini eshittirish;
bolani taom tayyorlash, xonalarni bayramga tayyorlash jarayoniga jalb qilish;
turli tabriknomalarni tomosha qilish, do‘kon va salonlarda kompozitsiya yaratayotgan ishchilar faoliyatini kuzatish

bolaga mustaqil ishlashi uchun turli tabiiy materiallar, bo‘yoq, yelim, qalam va plastilin va hokazolardan tashkil topgan ish joyini tashkillashtirish;
bolani chizishga rag‘batlantirish;
bola atrofidagi o‘yinchoqlar, predmet va materiallarni vaqti-vaqti bilan o‘zgartirib turish;
bolani tasavvurini qo‘llagan holda biror bir ertak qahramoni bo‘lishga undash.

Quyidagilar 6 — 12 oylik bolalarda ijod talablari hisoblanadi:



  • turli tovush va ovozlarni ajratish qobiliyatiga ega bo‘lish;

  • musiqaga qiziqish bildirish, musiqiy faollik ko‘rsatish;

  • ko‘rgazmali faoliyatda ishtirok etishga qiziqishni namoyish etish.

Quyidagilar 6 — 12 oylik bolalarda ijod indikatorlari hisoblanadi:

  • turli ovozlarga (odam ovozi, musiqa, ommabop kuy) munosabat bildirish (tebranish, raqsga tushishga harakat qilish);

  • biror-bir asbob, tovush chiqaradigan o‘yinchoq yoki televizordagi yoqtirgan ovoziga taqlid qilish;

  • ruchka va markerlarni olish va har qanday yuzada rasm chizishga harakat qilish.

6 — 12 oylik bolalar bilan quyidagi shakllarda mashqlar olib borish lozim:

  • bolaga quvnoq musiqalarni qo‘yib berish va u bilan birga raqsga tushish;

  • musiqaga jo‘r bo‘lib qanday chapak chalish kerakligini ko‘rsatish;

  • musiqa ohangiga mos tarzda qo‘l-oyoqlarni qanday harakatlantirish kerakligini ko‘rsatish;

  • turli ovozlarni (musiqa, suhbat, momaqaldiroq) bola bilan taqqoslash;

  • baland va past ovoz o‘rtasidagi farqni tushuntirish;

  • bolaga xavfsiz ijod qilish mumkin bo‘lgan turli predmetlarni berish



Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling