O‘zbekiston respublikasining iqtisodiy protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) ko‘radigan sud


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet159/183
Sana26.02.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1231972
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   183
Bog'liq
Iqtisodiy protsessual kodeksi

283-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) ko‘radigan sud
Birinchi instansiya sudining apellatsiya tartibida ko‘rilgan hal qiluv qarori va apellatsiya
instansiyasi sudining qarori ustidan berilgan kassatsiya shikoyati (protesti) O‘zbekiston Respublikasi
Oliy sudining Iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan ko‘riladi.
284-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) berish tartibi
Kassatsiya shikoyati (protesti) O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar bo‘yicha
sudlov hay’atiga beriladi.
285-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) berish muddati
Kassatsiya shikoyati (protesti) apellatsiya instansiyasi sudi qarori qabul qilingan kundan
e’tiboran bir yil ichida berilishi mumkin.
Kassatsiya shikoyati (protesti) berishning o‘tkazib yuborilgan muddati shikoyat (protest)
bergan shaxsning iltimosnomasi bo‘yicha kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan, agar iltimosnoma
kassatsiya shikoyatini (protestini) berish muddati o‘tgan kundan e’tiboran uch oy ichida berilgan va
kassatsiya shikoyatini (protestini) berish muddati o‘tkazib yuborilishining sabablari sud tomonidan
uzrli deb topilgan bo‘lsa, tiklanishi mumkin.
Kassatsiya shikoyati (protesti) berishning o‘tkazib yuborilgan muddatini tiklash haqida
kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risidagi ajrimda ko‘rsatiladi.


Kassatsiya shikoyatini (protestini) berish muddatini tiklashni rad etish haqida kassatsiya
shikoyatini (protestini) qabul qilishni rad etish to‘g‘risidagi ajrimda ko‘rsatiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 
283

284-moddalari
.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2015-yil
19-iyundagi 283-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan protsessual muddatlarga oid qonun normalarini
qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarori 
24 — 24.2-bandlari
.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling