O‘zbekiston respublikasining iqtisodiy protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet162/183
Sana26.02.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1231972
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   183
Bog'liq
Iqtisodiy protsessual kodeksi

291-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga
qabul qilishni quyidagi hollarda rad etadi, agar:
1) kassatsiya shikoyati (protesti) hal qiluv qarori ustidan shikoyat qilish (protest keltirish)
huquqiga ega bo‘lmagan shaxs tomonidan berilgan bo‘lsa;
2) kassatsiya shikoyati (protesti) qonuniy kuchga kirmagan yoki qonunchilikka muvofiq
kassatsiya tartibida shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin bo‘lmagan yoxud apellatsiya
tartibida ko‘rilmagan sud hujjati ustidan berilgan bo‘lsa;
3) kassatsiya shikoyati (protesti) kassatsiya tartibida ko‘rilgan sud hujjati ustidan berilgan
bo‘lsa;
4) kassatsiya shikoyatini (protestini) berishning o‘tkazib yuborilgan muddatini tiklash rad
etilgan bo‘lsa;
5) kassatsiya shikoyatidan (protestidan) uni bergan shaxs voz kechganligi (uni chaqirib
olganligi) sababli kassatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha ish yuritishni tugatish haqidagi ajrim
mavjud bo‘lsa.
Kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish to‘g‘risidagi ajrimda
kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish asoslari ko‘rsatiladi,
kassatsiya shikoyatini berishda to‘langan davlat bojini qaytarish haqidagi masala hal etiladi.
Kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish to‘g‘risidagi ajrim
bekor qilingan taqdirda, kassatsiya shikoyati (protesti) sudga dastlab murojaat qilingan kunda
berilgan hisoblanadi.
292-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish


Kassatsiya shikoyati (protesti) O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi tomonidan
quyidagi hollarda qaytariladi, agar:
1) kassatsiya shikoyati (protesti) imzolanmagan bo‘lsa yoxud uni imzolash huquqiga ega
bo‘lmagan shaxs tomonidan yoki mansab mavqeyi yoki familiyasi, ismi va otasining ismi
ko‘rsatilmagan shaxs tomonidan imzolangan bo‘lsa;
2) kassatsiya shikoyatining (protestining) shakliga va mazmuniga nisbatan ushbu Kodeksning
286-moddasida 
belgilangan talablarga rioya etilmagan yoki kassatsiya shikoyatiga (protestiga)
ushbu Kodeks 288-moddasining 
uchinchi qismida 
ko‘rsatilgan hujjatlar yoxud prokuror ishtirokisiz
ko‘rilgan ish bo‘yicha protestga taraflarning murojaati ko‘chirma nusxasi ilova qilinmagan bo‘lsa;
3) kassatsiya shikoyatiga (protestiga) uning ko‘chirma nusxalari ishda ishtirok etuvchi
shaxslarga yuborilganligiga doir dalillar ilova qilinmagan bo‘lsa;
4) davlat boji va pochta xarajatlari belgilangan tartibda va miqdorda to‘langanligini
tasdiqlovchi hujjatlar kassatsiya shikoyatiga ilova qilinmagan bo‘lsa, qonunda davlat bojini to‘lash
muddatini kechiktirish, bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati nazarda tutilgan hollarda esa, bu haqda
iltimosnoma mavjud bo‘lmasa yoxud iltimosnoma rad etilgan bo‘lsa;
5) kassatsiya shikoyati (protesti) belgilangan muddat o‘tganidan keyin berilgan bo‘lsa va
o‘tkazib yuborilgan muddatni tiklash to‘g‘risida iltimosnoma mavjud bo‘lmasa;
6) kassatsiya shikoyati (protesti) ish yuritishga qabul qilinganligi to‘g‘risida sud ajrimi
chiqarilguniga qadar shikoyatni (protestni) bergan shaxsdan uni qaytarib olish (chaqirib olish)
to‘g‘risida ariza tushgan bo‘lsa.
Kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish to‘g‘risidagi ajrimda kassatsiya shikoyatini
(protestini) qaytarish asoslari ko‘rsatiladi, kassatsiya shikoyatini berishda to‘langan davlat bojini
qaytarish to‘g‘risidagi masala hal etiladi.
Kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish to‘g‘risidagi ajrimning ko‘chirma nusxasi
shikoyatni (protestni) bergan shaxsga shikoyat (protest) va unga ilova qilingan hujjatlar bilan birga
yuboriladi.
Kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish to‘g‘risidagi ajrim bekor qilingan taqdirda,
kassatsiya shikoyati (protesti) dastlab sudga murojaat qilingan kunda berilgan hisoblanadi.
Ushbu moddaning 
birinchi qismida 
ko‘rsatilgan holatlar bartaraf etilgach, shikoyatni
(protestni) bergan shaxs kassatsiya shikoyati (protesti) bilan sudga umumiy tartibda yangidan
murojaat qilishga haqli.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 
62

113

123

282 — 291-moddalari

36-bobi 
(Sud hujjatlarini nazorat
tartibida qayta ko‘rish bo‘yicha ish yuritish)

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling