O‘zbekiston respublikasining iqtisodiy protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar
-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rmasdan qoldirish
Download 1.47 Mb. Pdf ko'rish
|
Iqtisodiy protsessual kodeksi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 296-modda. Kassatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha ish yuritishni tugatish
295-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rmasdan qoldirish
Agar kassatsiya shikoyati (protesti) ish yuritishga qabul qilinganidan so‘ng uning imzolanmaganligi yoxud uni imzolash huquqiga ega bo‘lmagan yoki mansab mavqeyi yoki familiyasi, ismi, otasining ismi ko‘rsatilmagan shaxs tomonidan imzolanganligi aniqlansa, kassatsiya instansiyasi sudi kassatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rmasdan qoldiradi. Kassatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rmasdan qoldirish to‘g‘risida sud ajrim chiqaradi. Kassatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rmasdan qoldirish uchun asos bo‘lgan holatlar bartaraf etilganidan keyin shikoyat (protest) ushbu Kodeksda belgilangan tartibda sudga yangidan berilishi mumkin. LexUZ sharhi Qarang: Mazkur Kodeksning 62 , 182 , 184 , 197-moddalari . 296-modda. Kassatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha ish yuritishni tugatish Kassatsiya instansiyasi sudi kassatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha ish yuritishni quyidagi hollarda tugatadi, agar: 1) kassatsiya shikoyati (protesti) apellatsiya tartibida ko‘rilmagan yoki ushbu Kodeksga muvofiq kassatsiya tartibida shikoyat qilinmaydigan (protest keltirilmaydigan) sud hujjati ustidan berilgan va u kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan xatoga yo‘l qo‘yilib, ish yuritishga qabul qilingan bo‘lsa; 2) kassatsiya shikoyati (protesti) kassatsiya tartibida ko‘rilgan sud hujjati ustidan berilgan va u kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan xatoga yo‘l qo‘yilib, ish yuritishga qabul qilingan bo‘lsa; 3) kassatsiya shikoyati (protesti) sud hujjati ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) huquqiga ega bo‘lmagan shaxs tomonidan berilgan bo‘lsa; 4) kassatsiya shikoyati ish yuritishga qabul qilinganidan keyin shikoyat bergan shaxs tomonidan shikoyatdan voz kechish to‘g‘risida ariza kelib tushgan bo‘lsa; 5) kassatsiya protesti ish yuritishga qabul qilinganidan keyin protest keltirgan prokuror yoki yuqori turuvchi prokuror tomonidan protestni chaqirib olish to‘g‘risida ariza kelib tushgan bo‘lsa; 6) kassatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha sud hujjati qabul qilinguniga qadar ishda taraf bo‘lgan yuridik shaxs tugatilgan bo‘lsa; 7) kassatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha sud hujjati qabul qilinguniga qadar ishda taraf bo‘lgan fuqaro vafot etsa, nizoli huquqiy munosabat esa huquqiy vorislikka yo‘l qo‘ymasa. Agar kassatsiya shikoyatida (protestida) shikoyat qilinayotgan (protest keltirilayotgan) hal qiluv qarorini qabul qilgan birinchi instansiya sudi tomonidan ko‘rib chiqish predmeti bo‘lmagan yangi talablar bildirilgan bo‘lsa, kassatsiya instansiyasi sudi kassatsiya shikoyatining (protestining) bu talablarga taalluqli qismi bo‘yicha ish yuritishni tugatadi. Kassatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha ish yuritishni tugatish to‘g‘risida ajrim chiqariladi, unda sud xarajatlarini taraflar o‘rtasida taqsimlash to‘g‘risidagi masala hal etilishi mumkin. 1 Kassatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha ish yuritish tugatilgan taqdirda, ayni bir shaxsning ayni shu asoslar bo‘yicha kassatsiya shikoyati (protesti) bilan sudga takroran murojaat qilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. LexUZ sharhi Qarang: Mazkur Kodeksning 41 , 42 , 46 , 283 — 285-moddalari . Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling