O‘zbekiston respublikasining jinoyat kodeksi umumiy qism birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Jinoyat kodeksining vazifalari va prinsiplari


 -modda. Pul mablag‘larini va (yoki) boshqa mol-mulkni jalb etishga doir


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet148/272
Sana18.06.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1567596
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   272
Bog'liq
Jinoyat

188 -modda. Pul mablag‘larini va (yoki) boshqa mol-mulkni jalb etishga doir
noqonuniy faoliyat
Mulkiy manfaat berish bo‘yicha zimmaga majburiyat olish yo‘li bilan jismoniy va yuridik
shaxslarning pul mablag‘larini va (yoki) boshqa mol-mulkini jalb etishga doir noqonuniy
faoliyatni amalga oshirish va bunda ilgari olingan majburiyatni jismoniy va yuridik
shaxslarning yangi jalb etilgan pul mablag‘lari va (yoki) boshqa mol-mulki hisobidan bajarish,
shuningdek bunday faoliyatga rahbarlik qilish hamda shunday faoliyat ko‘rsatilishini
ta’minlash, xuddi shuningdek mazkur faoliyatda ishtirok etishga jalb qilish maqsadida ushbu
faoliyatni reklama qilish, shu jumladan ommaviy axborot vositalaridan yoxud
telekommunikatsiya tarmoqlaridan, shuningdek Internet jahon axborot tarmog‘idan
foydalangan holda reklama qilish —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima
yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud
uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
1
1
08/02/23, 15:24
Стр. 124 из 228


(188 -modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi
O‘RQ-586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y.,
03/19/586
/4106-son)
Mulkiy manfaat berish bo‘yicha zimmaga majburiyat olish yo‘li bilan jismoniy va yuridik
shaxslarning pul mablag‘larini va (yoki) boshqa mol-mulkini jalb etishga doir noqonuniy
faoliyatni amalga oshirish va bunda ilgari olingan majburiyatni jismoniy va yuridik
shaxslarning yangi jalb etilgan pul mablag‘lari va (yoki) boshqa mol-mulki hisobidan bajarish,
shuningdek bunday faoliyatga rahbarlik qilish va shunday faoliyat ko‘rsatilishini ta’minlash:
a) ko‘p miqdorda;
b) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
g) ommaviy axborot vositalaridan yoxud telekommunikatsiya tarmoqlaridan,
shuningdek Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalanib sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha miqdorda
jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud besh yildan yetti yilgacha
ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(188 -modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi
O‘RQ-586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y.,
03/19/586
/4106-son)
Ushbu moddaning 
ikkinchi qismida 
nazarda tutilgan qilmishlar:
a) juda ko‘p miqdorda;
b) o‘ta xavfli retsidivist tomonidan;
v) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa, —
yetti yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(188 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 23-sentabrdagi O‘RQ-411-sonli 
Qonuniga
asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2016-y., 39-son, 457-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling