O‘zbekiston respublikasining jinoyat kodeksi umumiy qism birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Jinoyat kodeksining vazifalari va prinsiplari


 -modda. Etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet144/272
Sana18.06.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1567596
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   272
Bog'liq
Jinoyat

186 -modda. Etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof
ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish
Oldingi
 tahrirga qarang.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Etil spirti, alkogolli va tamaki mahsulotlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki
muomalaga kiritish ancha miqdorda yoxud shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo
qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa.
(186 -moddaning birinchi qismi dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 24-
sentabrdagi O‘RQ-182-sonli 
Qonuni
 bilan chiqarilgan — O‘R QHT, 2008-y., 39-son, 391-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan to‘rt yuz baravarigacha miqdorda
1
1
08/02/23, 15:24
Стр. 120 из 228


jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash
yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(186 -modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi
O‘RQ-586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y.,
03/19/586
/4106-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 
186 -
moddasi
.
O‘sha harakatlar:
a) ko‘p miqdorda;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
v) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
g) xizmat lavozimini suiiste’mol qilish yo‘li bilan sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining to‘rt yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda
jarima yoki besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(186 -modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi
O‘RQ-586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y.,
03/19/586
/4106-son)
O‘sha harakatlar:
a) juda ko‘p miqdorda;
b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa, —
yetti yildan o‘n ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini ko‘p miqdorda yoki juda ko‘p
miqdorda qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoxud muomalaga kiritishga hokimiyat yoki
mansab vakolatlarini suiiste’mol qilish yo‘li bilan homiylik qilish, —
yetti yildan o‘n ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda
iste’mol qilinishini cheklash to‘g‘risida”gi Qonunining 
11-moddasi
, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 1999-yil 5-yanvardagi 2-sonli “Spirt va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish va
ularning aylanishi ustidan davlat nazoratini mustahkamlash yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar
to‘g‘risida”gi qarorining 
8-bandi
, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 23-
sentabrdagi 444-sonli “Spirt, alkogolli mahsulotlar va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish va sotishni
davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 
6
va 
7-
bandlari
, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-fevraldagi 75-sonli qarori bilan
tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida chakana savdo” qoidalarining 
V bo‘limi 
(“Alkogol va tamaki
mahsulotlari bilan chakana savdo qilish xususiyatlari”), O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-
yil 16-martdagi PQ-605-sonli “Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilishni yanada tartibga solish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 
qarori
, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-
martdagi 89-sonli “Umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogolli mahsulotlar sotish tartibini
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 
qarori
.
(186 -modda O‘zbekiston Respublikasining 25-apreldagi 2007-yil O‘RQ-93-sonli
Qonuni 
tahririda
— O‘R QHT, 2007-y., 17-18-son, 171-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling