260 -modda. O‘zbekiston Respublikasining samoviy hududidan qonunga xilof
ravishda (ruxsatsiz) foydalanish
Oldingi
tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining samoviy hududidan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz)
foydalanish, (bundan samoviy hududda uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanish
hollari mustasno), shunday harakat uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan
bo‘lsa, xuddi shuningdek badanga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast yetkazilishiga sabab bo‘lsa,
—
(260 -moddaning birinchi qismi dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-maydagi
O‘RQ-534-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.05.2019-y.,
03/19/534
/3046-son — 2019-yil 4-noyabrdan kuchga kiradi)
Oldingi
tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz ellik baravarigacha miqdorda
jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(260 -modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi
O‘RQ-586-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y.,
03/19/586
/4106-son)
O‘sha harakat odam o‘lishiga sabab bo‘lsa,—
uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash
yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakat:
a) odamlar o‘limiga;
b) halokatga;
v) boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, —
besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(260 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi O‘RQ-436-son
Qonuniga
asosan
kiritilgan — O‘R QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil
18-oktabrdagi 349-sonli
qarori
bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi samoviy hududida
1
1
1
1
08/02/23, 15:24
Стр. 193 из 228
aviatsiya parvozining asosiy qoidalari”, Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi
boshlig‘ining 2007-yil 12-sentabrdagi 141-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi
samoviy hududida fuqaro va eksperimental aviatsiyasining parvoz qilish aviatsiya
qoidalari
”.
Do'stlaringiz bilan baham: |