O‘zbekiston respublikasining jinoyat kodeksi umumiy qism birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Jinoyat kodeksining vazifalari va prinsiplari
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
Jinoyat
47-modda. Xizmat bo‘yicha cheklash
Oldingi tahrirga qarang. Xizmat bo‘yicha cheklash — harbiy xizmatni kontrakt bo‘yicha o‘tayotgan harbiy xizmatchini sud hukmida ko‘rsatilgan muddat davomida muayyan huquq va imtiyozlardan mahrum qilib, pul ta’minotining o‘n foizidan o‘ttiz foizigacha bo‘lgan miqdorini davlat daromadi hisobiga ushlab qolishdan iboratdir. (47-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 22-dekabrdagi O‘RQ-238- sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 553-modda) Oldingi tahrirga qarang. Xizmat bo‘yicha cheklash jazo chorasi ushbu Kodeks Maxsus qismining moddasida nazarda tutilgan hollarda ikki oydan uch yilgacha muddatga qo‘llaniladi. Ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyat yoki og‘ir oqibatlarni keltirib chiqarmagan ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan jinoyat uchun sud ish holatlari va mahkumning shaxsini hisobga olgan holda uch yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish yoki axloq tuzatish ishlari jazosi o‘rniga shu muddatga xizmat bo‘yicha cheklash jazosini qo‘llashi mumkin. (47-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi O‘RQ-421-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda) Xizmat bo‘yicha cheklash tariqasidagi jazoni o‘tash muddati davomida mahkumning mansabini, harbiy yoki maxsus unvonini oshirish mumkin emas, jazoni o‘tagan vaqt esa, uning ko‘p yil ishlaganlik, navbatdagi harbiy yoki maxsus unvon hamda pensiya olish uchun asos bo‘ladigan xizmat muddatiga qo‘shilmaydi. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 25-bobi (“Xizmat bo‘yicha cheklash va qamoq tariqasidagi jazolarni ijro etish”), O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12- sentabrdagi PQ-4447-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risida nizom”ning 293 va 294-bandlari . LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000-yil 15- sentabrdagi 23-sonli “Harbiy xizmatni o‘tash tartibiga qarshi jinoyatlarga oid ishlarni ko‘rish bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 6-bandining uchinchi xatboshilari . Oldingi tahrirga qarang. (48-modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi O‘RQ-421-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda) Oldingi tahrirga qarang. Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling