O‘zbekiston respublikasining jinoyat kodeksi umumiy qism birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Jinoyat kodeksining vazifalari va prinsiplari


-modda. Intizomiy qismga jo‘natish


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/272
Sana18.06.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1567596
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   272
Bog'liq
Jinoyat

49-modda. Intizomiy qismga jo‘natish
Oldingi
 tahrirga qarang.
Intizomiy qismga jo‘natish — muddatli harbiy xizmat harbiy xizmatchisini sud
tomonidan belgilangan muddat mobaynida ichki tartibi ancha qattiq bo‘lgan maxsus harbiy
qismga joylashtirish orqali, muayyan huquq va imtiyozlardan mahrum etishdir.
1
1
1
6
1
08/02/23, 15:24
Стр. 20 из 228


(49-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 22-dekabrdagi O‘RQ-238-
sonli 
Qonuni
 tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 553-modda)
Intizomiy qismga jo‘natish jazosi ushbu Kodeks 
Maxsus qismining 
moddasida nazarda
tutilgan hollarda uch oydan bir yilgacha muddatga qo‘llaniladi. Sud ish holatlari va
mahkumning shaxsini hisobga olgan holda uch yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan
mahrum qilish jazosi o‘rniga shu muddatga intizomiy qismga jo‘natish jazosini qo‘llashi
mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 
26-bobi 
(“Intizomiy qismga jo‘natish
tariqasidagi jazoni ijro etish”) va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 9-oktabrdagi PF-1572-
sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida intizomiy qism
to‘g‘risida”gi 
nizom
.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000-yil 15-
sentabrdagi 23-sonli “Harbiy xizmatni o‘tash tartibiga qarshi jinoyatlarga oid ishlarni ko‘rish bo‘yicha
sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 6-bandining 
uchinchi xatboshisi
.
50-modda. Ozodlikdan mahrum qilish
Ozodlikdan mahrum qilish mahkumni jamiyatdan ajratib jazoni ijro etish koloniyasi yoki
turmaga joylashtirishdan iboratdir.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ozodlikdan mahrum qilish bir oydan yigirma yilgacha muddatga belgilanadi, ushbu
moddaning 
uchinchi qismida 
nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
(50-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi O‘RQ-421-sonli
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish yigirma yildan ortiq, lekin yigirma besh yildan
ko‘p bo‘lmagan muddatga belgilanadi va faqat javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda
qasddan odam o‘ldirish (97-moddaning 
ikkinchi qismi
) va terrorizm (155-moddaning 
uchinchi
qismi
) uchun tayinlanishi mumkin.
Uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi ayolga, o‘n sakkiz yoshga to‘lmasdan
jinoyat sodir etgan shaxsga va oltmish yoshdan oshgan erkakka nisbatan tayinlanishi mumkin
emas.
(50-modda O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 11-iyuldagi O‘RQ-99-sonli 
Qonuni
asosida
uchinchi va to‘rtinchi qismlar bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 6-
son, 248-modda)
Ozodlikdan mahrum qilish ushbu Kodeksning 
60-moddasida 
nazarda tutilgan bir necha
jazolarni qo‘shish tartibida tayinlanganda, uning muddati yigirma besh yilgacha belgilanishi
mumkin.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinayotgan ayollarga hamda oltmish yoshdan
oshgan erkaklarga nisbatan tayinlanayotgan jazo muddati ushbu Kodeks 
Maxsus qismining
tegishli moddasida nazarda tutilgan ozodlikdan mahrum etish eng ko‘p muddatining uchdan
ikki qismidan ortiq bo‘lishi mumkin emas.
(50-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi O‘RQ-389-
sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinayotgan erkaklarga nisbatan:
a) ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyati, ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilgan jinoyati
uchun va qasddan uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etganlik uchun ozodlikdan mahrum
etishga hukm qilinayotganlarga nisbatan jazoni manzil-koloniyalarda;
08/02/23, 15:24
Стр. 21 из 228


b) qasddan og‘ir jinoyat sodir etganlik va o‘ta og‘ir jinoyati uchun birinchi marta
ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinayotganlarga nisbatan jazoni umumiy tartibli
koloniyalarda;
Oldingi
 tahrirga qarang.
v) ilgari qasddan sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi
jazoni o‘tab chiqib yoki o‘tayotgan chog‘ida, qasddan yangi sodir etgan jinoyati uchun hukm
qilinayotganlarga nisbatan jazoni qattiq tartibli koloniyalarda;
(50-moddaning yettinchi qismi “v” bandi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 23-sentabrdagi
O‘RQ-411-sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 39-son, 457-modda)
(50-moddaning beshinchi qismi “a”, “b” va “v” bandlari O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 12-
dekabrdagi 568-II-son 
Qonuni 
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 18-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
g) o‘ta xavfli retsidivistlarga nisbatan jazoni maxsus tartibli koloniyalarda o‘tash
tayinlanadi. Umrbod ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilganlar, shuningdek afv etish
tartibida umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi ozodlikdan mahrum qilish bilan
almashtirilgan shaxslar ham jazoni maxsus tartibli koloniyalarda o‘taydilar.
(50-moddaning yettinchi qismi “g” bandi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 11-iyuldagi O‘RQ-
99-sonli
 Qonuni 
tahririda — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 6-son, 248-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinayotgan ayollarga nisbatan:
a) ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyat, ehtiyotsizlik oqibatida jinoyat sodir etganlarga
hamda qasddan uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etganlarga nisbatan jazoni manzil-
koloniyalarda;
b) og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyat uchun jazoni umumiy tartibli koloniyalarda;
v) ilgari ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni o‘tab chiqib, yangi sodir etgan o‘ta
og‘ir jinoyati uchun hukm qilinayotganlarga, shuningdek o‘ta xavfli retsidivist deb
topilganlarga nisbatan jazoni qattiq tartibli koloniyalarda o‘tash tayinlanadi.
(50-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrdagi 568-II-son
Qonuni 
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 18-modda)
Turmaga qamash tariqasidagi ozodlikdan mahrum qilish, jazoning muayyan qismiga,
lekin besh yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga:
a) o‘ta xavfli retsidivistlarga;
b) og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyati uchun besh yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum
etishga hukm qilingan shaxslarga nisbatan tayinlanishi mumkin.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyat sodir etganlik, ehtiyotsizlik oqibatida jinoyat sodir
etganlik va qasddan uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etganlik uchun ozodlikdan mahrum
etish tariqasidagi jazo homilador ayollarga va uch yoshga to‘lmagan bolalari bor ayollarga
nisbatan, shuningdek 
qonunchilikka 
muvofiq yoshga doir pensiyaga chiqish huquqiga ega
bo‘lgan shaxslarga nisbatan tayinlanmaydi.
(50-moddaning o‘ninchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 
03/21/683
/0375-son)
Sud tomonidan jazoni manzil-koloniyada o‘tashi tayinlangan mahkum saqlash rejimini
ashaddiy buzuvchi deb topilgan taqdirda, sud uni jazoning o‘talmagan qismi muddatiga
umumiy tartibli koloniyaga o‘tkazadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 
IV bo‘limi 
(“Ozodlikdan mahrum
qilish tariqasidagi jazoni ijro etish”).
08/02/23, 15:24
Стр. 22 из 228


 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-
fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 
26
— 30-bandlari
.
(50-modda O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrdagi 568-II-sonli 
Qonuniga 
asosan
sakkizinchi va to‘qqizinchi qismlar bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 18-
modda)
 LexUZ sharhi
Sud amaliyotiga karang
Oldingi
 tahrirga qarang.

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling