O‘zbekiston respublikasining jinoyat kodeksi umumiy qism birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Jinoyat kodeksining vazifalari va prinsiplari


VI bob. Shaxsning ozodligi, sha’ni va qadr-qimmatiga qarshi jinoyatlar


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/272
Sana18.06.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1567596
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   272
Bog'liq
Jinoyat

VI bob. Shaxsning ozodligi, sha’ni va qadr-qimmatiga qarshi jinoyatlar
Oldingi
 tahrirga qarang.
135-modda. Odam savdosi
1
1
2
2
08/02/23, 15:24
Стр. 77 из 228


Odam savdosi, ya’ni odamni olish-sotish yoxud odamni undan foydalanish maqsadida
yollash, tashish, topshirish, yashirish yoki qabul qilish —
Oldingi
 tahrirga qarang.
uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan
mahrum qilish bilan jazolanadi.
(135-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi
O‘RQ-389-sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)
O‘sha harakatlar:
a) o‘g‘irlash, zo‘rlik ishlatish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish yoxud majburlashning
boshqa shakllarini qo‘llash orqali;
b) ikki yoki undan ortiq shaxsga nisbatan;
v) ojiz ahvoldaligi aybdorga ayon bo‘lgan shaxsga nisbatan;
g) aybdorga moddiy jihatdan yoki boshqa jihatdan qaram bo‘lgan shaxsga nisbatan;
d) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
e) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
j) xizmat mavqeyidan foydalangan holda;
z) jabrlanuvchini O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasidan olib o‘tgan holda
yoki uni chet elda qonunga xilof ravishda ushlab turgan holda;
i) qalbaki hujjatlardan foydalangan holda, xuddi shuningdek jabrlanuvchining shaxsini
tasdiqlovchi hujjatlarni olib qo‘ygan, yashirgan yoxud yo‘q qilib yuborgan holda;
Oldingi
 tahrirga qarang.
k) inson a’zolarini va (yoki) to‘qimalarini olish maqsadida sodir etilgan bo‘lsa;
(135-modda ikkinchi qismining “k” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 23-iyundagi
O‘RQ-780-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2022-y.,
03/22/780
/0560-son)
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakatlar:
a) o‘n sakkiz yoshga to‘lmaganligi aybdorga ayon bo‘lgan shaxsga nisbatan sodir etilgan
bo‘lsa;
b) jabrlanuvchining o‘limiga yoki boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa;
v) o‘ta xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan bo‘lsa;
g) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa, —
sakkiz yildan o‘n ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi 
Qonuni
.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2009-yil
24-noyabrdagi 12-sonli “Odam savdosiga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi 
qarori
.
(135-modda O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 16-sentabrdagi O‘RQ-179-sonli 
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 37-38-son, 366-modda)

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling