O‘zbekiston respublikasining jinoyat kodeksi umumiy qism birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Jinoyat kodeksining vazifalari va prinsiplari


-modda. Urushning qonun va udumlarini buzish


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/272
Sana18.06.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1567596
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   272
Bog'liq
Jinoyat

152-modda. Urushning qonun va udumlarini buzish
Tinch aholini yoki harbiy asirlarni qiynash, jismonan qirib yuborish, tinch aholini majburiy
ishlarga yoki boshqa maqsadlarda haydab ketish, xalqaro huquq bilan taqiqlangan urush olib
borish vositalarini qo‘llash, shaharlar va aholi yashash joylarini behuda vayron qilish, mulkni
08/02/23, 15:24
Стр. 88 из 228


talon-toroj qilish, shuningdek, bunday harakatlarni qilishga buyruq berishda ifodalangan
urush qonun va udumlarini buzish —
Oldingi
 tahrirga qarang.
o‘n yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(152-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son
Qonuni 
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: “Xalqaro qurolli nizolar qurbonlarini himoya qilishga oid
1949-yil 12-avgustdagi Jeneva konvensiyasiga
qo‘shimcha protokol
”, O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Kengashining 1993-yil 3-sentabrdagi 946-XII-son “Urush qurbonlarini himoya qilish to‘g‘risidagi Jeneva
konvensiyasi hamda Xalqaro va xalqaro xaraktyerga ega bo‘lmagan qurolli nizolar qurbonlarini
himoya qilish to‘g‘risidagi Jeneva konvensiyasiga Qo‘shimcha protokolga qo‘shilish haqida”gi 
qarori
.
153-modda. Genotsid
Genotsid, ya’ni milliy, etnik, irqiy yoki diniy mansubligiga qarab, bir guruh shaxsning
jismonan to‘la yoki qisman qirilib ketishiga olib keladigan turmush sharoitini qasddan
yaratish, bunday shaxslarni jismonan to‘la yoki qisman qirib yuborish, bola tug‘ilishini zo‘rlik
bilan kamaytirish yoxud bolalarni ana shu odamlar guruhidan olib, boshqasiga topshirish,
shuningdek, bunday harakatlar sodir etish to‘g‘risida buyruq berish —
Oldingi
 tahrirga qarang.
o‘n yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(153-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrdagi 568-II-son
Qonuni 
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 18-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1999-yil 20-avgustdagi 835-I-son “Genotsid
jinoyatining oldini olish va bunday jinoyat uchun jazo to‘g‘risidagi konvensiyaga qo‘shilish haqida”gi
qarori
.

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling