O‘zbekiston respublikasining jinoyat kodeksi umumiy qism birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Jinoyat kodeksining vazifalari va prinsiplari


-modda. Muayyan huquqdan mahrum qilish


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/272
Sana18.06.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1567596
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   272
Bog'liq
Jinoyat

45-modda. Muayyan huquqdan mahrum qilish
Shaxsni muayyan huquqdan mahrum qilish sud tayinlagan muddat davomida
aybdorning korxonalar, muassasalar yoki tashkilotlarda u yoki bu mansabni egallashini yoxud
u yoki bu faoliyat bilan shug‘ullanishini taqiqlashdan iboratdir. Ana shunday mansab yoki
faoliyatning turi sud tomonidan ayblov hukmida ko‘rsatiladi.
Muayyan huquqdan mahrum qilish aybdorning mansabi yoki ish faoliyati bilan bevosita
bog‘liq bo‘lgan jinoyatni sodir etganligi uchun asosiy jazo tariqasida tayinlanganda — bir
yildan besh yilgacha muddatga, qo‘shimcha jazo tariqasida tayinlanganda — bir yildan uch
yilgacha muddatga belgilanadi.
Agar muayyan huquqdan mahrum qilish aybdorga asosiy jazo tariqasida tayinlanmagan
bo‘lsa, bunday jazo sud tomonidan ushbu Kodeks 
Maxsus qismining 
tegishli moddasida
nazarda tutilgan har qanday turdagi jazoga qo‘shimcha jazo tariqasida tayinlanishi mumkin.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Muayyan huquqdan mahrum qilish jazosi ozodlikdan mahrum qilish, intizomiy qismga
jo‘natish jazosiga qo‘shimcha jazo tariqasida tayinlangan bo‘lsa, asosiy jazoning butun
muddatiga, bundan tashqari sud hukmi bilan tayinlangan muddatga joriy etiladi. Bu jazo
boshqa asosiy jazolarga qo‘shimcha jazo tariqasida tayinlanganda va mahkum shartli hukm
qilinganda uning muddati hukm qonuniy kuchga kirgan vaqtdan boshlab hisoblanadi.
(45-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi O‘RQ-421-sonli
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan shaxslarga nisbatan tadbirkorlik faoliyati
bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilish tarzidagi jazo tayinlanmaydi, bundan odam
o‘lishiga yoki boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lgan hollar mustasno.
(45-modda O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-418-sonli 
Qonuniga
asosan beshinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2017-y., 1-son, 1-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 
6-bobi 
(“Muayyan huquqdan
mahrum qilish tariqasidagi jazoni ijro etish”).
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-
fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 
41

43-
bandlari
, 47-bandining 
birinchi xatboshisi
, 51-bandining 
beshinchi xatboshisi

56 -bandi
.
1
1
08/02/23, 15:24
Стр. 17 из 228


Oldingi
 tahrirga qarang.

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling