O‘zbekiston respublikasining jinoyat kodeksi umumiy qism birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Jinoyat kodeksining vazifalari va prinsiplari
-modda. Jismoniy yoki ruhiy majburlash yoxud qo‘rqitish
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
Jinoyat
- Bu sahifa navigatsiya:
- TO‘RTINChI BO‘LIM JAZO VA UNI TAYINLASh X bob. Jazo tushunchasi, maqsadlari va turlari 42-modda. Jazo tushunchasi va maqsadlari
- 43-modda. Jazo tizimi
41 -modda. Jismoniy yoki ruhiy majburlash yoxud qo‘rqitish
Jismoniy yoki ruhiy majburlash yoxud shunday majburlashni qo‘llash bilan qo‘rqitish natijasida ushbu Kodeks bilan qo‘riqlanadigan huquq va manfaatlarga zarar yetkazilishi, agar bunday majburlash yoxud qo‘rqitish oqibatida shaxs o‘z harakatlarini (harakatsizligini) boshqara olmagan bo‘lsa, jinoyat hisoblanmaydi. Ushbu Kodeks bilan qo‘riqlanadigan huquq va manfaatlarga jismoniy yoki ruhiy majburlash yoxud shunday majburlashni qo‘llash bilan qo‘rqitish natijasida zarar yetkazganlik uchun jinoiy javobgarlik to‘g‘risidagi masala, agar bunday majburlash yoki qo‘rqitish oqibatida shaxs o‘z harakatlarini (harakatsizligini) boshqarish imkoniyatini saqlab qolgan bo‘lsa, ushbu Kodeks 38-moddasining qoidalari inobatga olingan holda hal etiladi. (41 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi O‘RQ-459-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459 /0536-son) TO‘RTINChI BO‘LIM JAZO VA UNI TAYINLASh X bob. Jazo tushunchasi, maqsadlari va turlari 42-modda. Jazo tushunchasi va maqsadlari Jazo jinoyat sodir etishda aybli deb topilgan shaxsga nisbatan davlat nomidan sud hukmi bilan qo‘llanadigan va mahkumni qonunda nazarda tutilgan muayyan huquq va erkinliklardan mahrum qilish yoki ularni cheklashdan iborat majburlov chorasidir. Jazo mahkumni axloqan tuzatish, uning jinoiy faoliyatni davom ettirishiga to‘sqinlik qilish hamda mahkum, shuningdek boshqa shaxslar yangi jinoyat sodir etishining oldini olish maqsadida qo‘llaniladi. 43-modda. Jazo tizimi Jinoyat sodir etishda aybli deb topilgan shaxslarga nisbatan quyidagi asosiy jazolar qo‘llanilishi mumkin: a) jarima; LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 44-moddasi . b) muayyan huquqdan mahrum qilish; LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 45-moddasi . Oldingi tahrirga qarang. b ) majburiy jamoat ishlari; (43-modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi O‘RQ-421-sonli Qonuniga asosan “b ” band bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda) v) axloq tuzatish ishlari; LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 46-moddasi . g) xizmat bo‘yicha cheklash; 1 1 1 1 08/02/23, 15:24 Стр. 15 из 228 LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 47-moddasi . Oldingi tahrirga qarang. (43-moddaning “d” bandi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi O‘RQ-421-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda) Oldingi tahrirga qarang. d ) ozodlikni cheklash; LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 48 -moddasi . (43-modda O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi O‘RQ-389-sonli Qonuniga asosan “d ” band bilan to‘ldirildi — O‘R QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda) e) intizomiy qismga jo‘natish; LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 49-moddasi . j) ozodlikdan mahrum qilish; LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 50-moddasi . Oldingi tahrirga qarang. z) umrbod ozodlikdan mahrum qilish. LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 51-moddasi . (43-moddaning birinchi qismining “z” bandi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 11-iyuldagi O‘RQ-99-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 6-son, 248-modda) Oldingi tahrirga qarang. Mahkumlarga asosiy jazolardan tashqari harbiy yoki maxsus unvondan mahrum qilish tarzidagi qo‘shimcha jazo ham qo‘llanilishi mumkin. LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 52-moddasi . (43-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda) Xizmat bo‘yicha cheklash yoki intizomiy qismga jo‘natish tariqasidagi jazolar faqat harbiy xizmatchilarga nisbatan qo‘llaniladi. Muayyan huquqdan mahrum qilish faqat asosiy jazo sifatidagina emas, balki qo‘shimcha jazo tariqasida ham qo‘llanilishi mumkin. Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling