51-modda. Umrbod ozodlikdan mahrum qilish
Umrbod ozodlikdan mahrum qilish favqulodda jazo chorasi bo‘lib, mahkumni maxsus
tartibli jazoni ijro etish koloniyasiga joylashtirish orqali jamiyatdan muddatsiz ajratib
qo‘yishdan iboratdir.
Umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi faqat javobgarlikni og‘irlashtiradigan
holatlarda qasddan odam o‘ldirish (97-moddaning
ikkinchi qismi
) va terrorizm (155-
moddaning
uchinchi qismi
) uchun belgilanadi.
Umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi ayolga, o‘n sakkiz yoshga to‘lmasdan jinoyat
sodir etgan shaxsga va oltmish yoshdan oshgan erkakka nisbatan tayinlanishi mumkin emas.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining
V bo‘limi
(“Umrbod ozodlikdan
mahrum qilish tariqasidagi jazoni ijro etish”).
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil 14-
noyabrdagi 15-sonli “Umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni qo‘llashning ayrim
masalalari to‘g‘risida”gi
qarori
.
(51-modda O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 11-iyuldagi O‘RQ-99-sonli
Qonuni
tahririda —
Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 6-son, 248-modda)
52-modda. Harbiy yoki maxsus unvondan mahrum qilish
Harbiy yoki maxsus unvonga ega bo‘lgan shaxs og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat uchun hukm
qilinganida sud hukmi bilan mazkur unvondan mahrum qilinishi mumkin.
Oliy harbiy yoki maxsus unvonga yoxud O‘zbekiston Respublikasining davlat mukofotiga
ega bo‘lgan shaxs og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyati uchun hukm qilinganida sudning hukm asosida
kiritadigan taqdimnomasiga binoan mazkur unvon yoki mukofotdan mahrum qilinishi
mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 531-moddasining
yettinchi qismi
,
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining
161-moddasi
, O‘zbekiston Respublikasining
“Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi Qonuni 9-moddasining
o‘ninchi qismi
,
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat mukofotlari to‘g‘risida”gi Qonunining
21-moddasi
.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-
fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 41-
bandining
birinchi
,
uchinchi xatboshisi
.
Oldingi
tahrirga qarang.
(53-modda O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son
Qonuniga
asosan
chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Do'stlaringiz bilan baham: |