O‘zbekiston respublikasining jinoyat kodeksi umumiy qism birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Jinoyat kodeksining vazifalari va prinsiplari


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/272
Sana18.06.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1567596
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   272
Bog'liq
Jinoyat

57-modda. Yengilroq jazo tayinlash
Sud sodir etilgan jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasini jiddiy kamaytiruvchi holatlarni
e’tiborga olib, alohida hollarda ushbu Kodeks 
Maxsus qismining 
moddasida nazarda tutilgan
mazkur jinoyat uchun belgilangan jazoning eng kam qismidan ham kamroq yoki shu
moddada nazarda tutilmagan boshqa yengilroq turdagi jazoni tayinlashi mumkin.
Sud shu asoslarni e’tiborga olib, ushbu Kodeks 
Maxsus qismining 
moddasida qo‘llanilishi
shart deb ko‘rsatilgan qo‘shimcha jazoni tayinlamasligi ham mumkin.
Sodir etilgan qilmish xususiyatlarini ifodalovchi holatlar, ya’ni aybdorning shaxsi,
aybining shakli va darajasi, jinoyat qilish sharoiti va sabablari, shaxsning jinoyatni sodir
qilguncha va undan keyingi xulq-atvori jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasini jiddiy
kamaytiruvchi holatlar deb topilishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-
fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 
37
08/02/23, 15:24
Стр. 25 из 228


— 39

42-bandlari
.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Oldingi
 tahrirga qarang.
57 -modda. Aybdor o‘z qilmishiga amalda pushaymon bo‘lganida jazo tayinlash
(57 -moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 27-dekabrdagi O‘RQ-277-sonli
Qonuni
 tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 52-son, 509-modda)
Ushbu Kodeks 55-moddasi birinchi qismining 
“a”
va 
“b”
bandlarida nazarda tutilgan
jazoni yengillashtiruvchi holatlar mavjud bo‘lgan va ushbu Kodeks 56-moddasining 
birinchi
qismida 
nazarda tutilgan jazoni og‘irlashtiruvchi holatlar mavjud bo‘lmagan taqdirda jazo
muddati yoki miqdori ushbu Kodeks Maxsus qismining tegishli moddasida nazarda tutilgan
eng ko‘p jazoning uchdan ikki qismidan oshmasligi kerak. Mazkur qoida javobgarlikni
og‘irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o‘ldirish (97-moddaning 
ikkinchi qismi
) va
terrorizm (155-moddaning 
uchinchi qismi
) bilan bog‘liq jinoyatlarni sodir etgan shaxslarga
tatbiq etilmaydi.
(57 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 18-maydagi O‘RQ-245-sonli 
Qonuniga
asosan
kiritilgan — O‘R QHT, 2010-y., 20-son, 147-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling