O‘zbekiston respublikasining jinoyat kodeksi umumiy qism birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Jinoyat kodeksining vazifalari va prinsiplari


-modda. Radioaktiv materiallarni qonunga xilof ravishda egallash


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet223/272
Sana18.06.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1567596
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   272
Bog'liq
Jinoyat

252-modda. Radioaktiv materiallarni qonunga xilof ravishda egallash
Oldingi
 tahrirga qarang.
Radioaktiv materiallarni qonunga xilof ravishda egallash, shu jumladan talonchilik,
o‘g‘rilik, o‘zlashtirish yoki rastrata qilish yo‘li bilan yoxud aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish
yo‘li bilan egallash, xuddi shuningdek radioaktiv materiallarni qonunga xilof ravishda egallash
uchun moliyalashtirish, bevosita yoki bilvosita har qanday mablag‘-vositalarni, resurslarni
berish yoxud yig‘ish, boshqa xizmatlar ko‘rsatish —
Oldingi
 tahrirga qarang.
ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum
qilish bilan jazolanadi.
(252-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi
O‘RQ-421-sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
O‘sha harakatlar:
a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
v) mansab mavqeyidan foydalangan holda sodir etilgan bo‘lsa, —
besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakatlar:
a) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab;
b) o‘ta xavfli retsidivist tomonidan;
v) tamagirlik yo‘li bilan;
g) bosqinchilik yo‘li bilan;
d) ushbu Kodeksning 
155 
va
161-moddalarida 
nazarda tutilgan jinoyatlarni amalga
oshirish maqsadida sodir etilgan bo‘lsa, —
o‘n yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(252-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi O‘RQ-405-sonli
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Radiatsiyaviy xavfsizlik
to‘g‘risida”gi 
Qonuni
.

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling