a) odam o‘lishiga;
b) boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, —
muayyan huquqdan mahrum qilib, besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish
bilan jazolanadi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Radiatsiyaviy xavfsizlik
to‘g‘risida”gi
Qonuni
.
Oldingi
tahrirga qarang.
255 -modda. Bakteriologik, kimyoviy va boshqa xil yalpi qirg‘in qurollari turlarini
ishlab chiqish, ishlab chiqarish, to‘plash, olish, birovga o‘tkazish, saqlash, qonunga xilof
ravishda egallash va ular bilan boshqa harakatlarni sodir etish
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bilan taqiqlangan bakteriologik
(biologik), kimyoviy va boshqa xil yalpi qirg‘in qurollari turlarini ishlab chiqish, ishlab chiqarish,
to‘plash, olish, birovga o‘tkazish, saqlash, qonunga xilof ravishda egallash va ular bilan boshqa
harakatlarni sodir etish —
Oldingi
tahrirga qarang.
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(255 -modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi
254-II-son
Qonuni
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
O‘sha qilmish:
a) odam o‘lishiga;
b) boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, —
Oldingi
tahrirga qarang.
sakkiz yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(255 -modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi
254-II-son
Qonuni
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
(Kodeks O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi 82-II-son
Qonuniga
asosan 255 -
modda bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 153-modda)
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: “Bakteriologik (biologik) va toksik qurol-yarog‘larni ishlab
chiqarish, tayyorlash va to‘plashni man etish hamda ularni tugatish tugatish to‘g‘risidagi
Konvensiya
”
(Mazkur Konvensiya O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995-yil 22-dekabrdagi 185-I-sonli
“Bakteriologik (biologik) va toksik qurol-yarog‘larni ishlab chiqarish, tayyorlash va to‘plashni man etish
hamda ularni tugatish to‘g‘risidagi Konvensiyaga qo‘shilish haqida”gi
qarori
bilan tasdiqlangan).
Oldingi
tahrirga qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: