O‘zbekiston respublikasining jinoyat kodeksi umumiy qism birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Jinoyat kodeksining vazifalari va prinsiplari


 -modda. Neft quvurlarini, gaz quvurlarini, neft va gaz mahsulotlari quvurlarini


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet227/272
Sana18.06.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1567596
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   272
Bog'liq
Jinoyat

255 -modda. Neft quvurlarini, gaz quvurlarini, neft va gaz mahsulotlari quvurlarini
yaroqsiz holatga keltirish
Neft quvurlarini, gaz quvurlarini, neft va gaz mahsulotlari quvurlarini, shuningdek
texnologik jihatdan ular bilan bog‘liq bo‘lgan obyektlarni, inshootlarni, aloqa, avtomatika,
signalizatsiya vositalarini qasddan buzish, ularga shikast yetkazish yoki boshqa usul bilan
ularni foydalanish uchun yaroqsiz holatga keltirish, agar ushbu harakatlar ularning normal
ishlashi buzilishiga olib kelsa yoki olib kelishi mumkin bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha
axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha
ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(255 -modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi
O‘RQ-586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y.,
1
1
1
1
2
2
08/02/23, 15:24
Стр. 188 из 228


03/19/586
/4106-son)
O‘sha harakatlar:
a) takroran;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
v) magistral quvurlarga nisbatan sodir etilgan bo‘lsa;
g) ko‘p miqdorda zarar yetkazilishiga;
d) badanga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast yetkazilishiga sabab bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan
uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch
yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(255 -modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi
O‘RQ-586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y.,
03/19/586
/4106-son)
O‘sha harakatlar:
a) odam o‘lishiga;
b) juda ko‘p miqdorda zarar yetkazilishiga sabab bo‘lsa, —
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakatlar:
a) odamlar o‘limiga;
b) boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, —
sakkiz yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(255 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 7-oktabrdagi O‘RQ-355-sonli 
Qonuniga
asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2013-y., 41-son, 543-modda)

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling