O‘zbekiston respublikasining jinoyat kodeksi umumiy qism birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Jinoyat kodeksining vazifalari va prinsiplari


-modda. Xalqaro uchish qoidalarini buzish


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet237/272
Sana18.06.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1567596
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   272
Bog'liq
Jinoyat

265-modda. Xalqaro uchish qoidalarini buzish
Ruxsatnomada ko‘rsatilgan uchish yo‘nalishiga, qo‘nish joylariga, havo darvozalariga,
uchish balandligiga rioya qilmaslik yoki xalqaro uchish qoidalarini boshqacha tarzda buzish —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha
muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari
yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(265-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 
03/19/586
/4106-son)
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasining Havo kodeksining 
IX bobi
(“Xalqaro parvozlar”).
266-modda. Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi
qoidalarini buzish
Transport vositasini boshqaruvchi shaxs tomonidan transport vositalari harakati yoki
ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish badanga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast
1
1
1
08/02/23, 15:24
Стр. 196 из 228


yetkazilishiga sabab bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish
soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(266-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi
O‘RQ-586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y.,
03/19/586
/4106-son)
O‘sha qilmish odam o‘lishiga sabab bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
muayyan huquqdan mahrum qilib, yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan
jazolanadi.
(266-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustdagi
832-I-son 
Qonuni 
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 229-modda)
O‘sha qilmish:
a) odamlar o‘limiga;
b) halokatga;
v) boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
muayyan huquqdan mahrum qilib, o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan
jazolanadi.
(266-modda uchinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustdagi
832-I-son 
Qonuni 
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 229-modda)
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil
24-dekabrdagi 370-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yo‘l harakati 
qoidalari
”, O‘zbekiston avtomobil va
daryo transporti agentligi boshlig‘ining 2014-yil 22-apreldagi 22-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan
“Avtomobilda tashuvchi tomonidan haydovchilarga yo‘l harakati xavfsizligi masalalari bo‘yicha yo‘l-
yo‘riqlar berish tartibi to‘g‘risidagi 
Nizom
”.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-
iyundagi 10-sonli “Transport harakati va undan foydalanish xavfsizligiga qarshi jinoyatlar bilan bog‘liq
ishlar yuzasidan sud amaliyotining ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarori 
6 — 13

17

19

20

22

24

26

28-
bandlari
.

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling