xalaqit berish, shunday harakat uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan
keyin sodir etilgan
bo‘lsa, shuningdek badanga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast yetkazilishiga sabab bo‘lsa, —
Oldingi
tahrirga qarang.
uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud
bir yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(263 -modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi
O‘RQ-421-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi
kodeksining
116 -moddasi
.
O‘sha harakat odam o‘lishiga sabab bo‘lsa, —
uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh
yilgacha ozodlikni cheklash
yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakat:
a) odamlar o‘limiga;
b)
halokatga;
v) boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, —
besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(263 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi O‘RQ-405-sonli
Qonuniga
asosan kiritilagan — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
264-modda. Temir yo‘lning harakatlanadigan tarkibini, havo, dengiz yoki daryo
kemasini olib qochish yoki egallab olish
Temir yo‘lning harakatlanadigan tarkibini, havo, dengiz yoki daryo kemasini olib qochish
yoki egallab olish —
besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakatlar:
a) bir guruh shaxslar tomonidan
oldindan til biriktirib;
b) zo‘rlik ishlatib yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitib sodir etilgan bo‘lsa, —
o‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: