O‘zbekiston respublikasining jinoyat kodeksi umumiy qism birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Jinoyat kodeksining vazifalari va prinsiplari


-modda. Jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/272
Sana18.06.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1567596
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   272
Bog'liq
Jinoyat

73-modda. Jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ozodlikdan mahrum qilish, intizomiy qismga jo‘natish, xizmat bo‘yicha cheklash,
ozodlikni cheklash yoki axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan shaxslarga nisbatan jazoni
o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish qo‘llanilishi mumkin. Shaxs ijro etilmagan
qo‘shimcha jazodan ham ozod qilinishi mumkin.
(73-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi O‘RQ-389-sonli
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)
Jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish ushbu moddaning
birinchi qismida 
ko‘rsatilgan jazo turlari uchun o‘rnatilgan tartib-qoida talablarini bajargan va
mehnatga halol munosabatda bo‘lgan mahkumga nisbatan qo‘llaniladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish mahkum:
a) ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan yoki uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyati uchun sud
tayinlagan jazo muddatining kamida uchdan bir qismini;
b) og‘ir jinoyati uchun, shuningdek qasddan sodir etgan jinoyati uchun, agar shaxs ilgari
qasddan sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan bo‘lsa, sud
tayinlagan jazo muddatining kamida yarmini;
v) o‘ta og‘ir jinoyati uchun, shuningdek jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilingan
yoki jazosi yengilrog‘i bilan almashtirilgan shaxs jazoning o‘talmagan qismi mobaynida
qasddan yangi jinoyat sodir etganligi uchun hukm qilingan bo‘lsa, sud tayinlagan jazo
muddatining kamida uchdan ikki qismini haqiqatda o‘tab bo‘lganidan keyin qo‘llanilishi
mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 
536-moddasi
.
(73-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son
Qonuni 
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
1
08/02/23, 15:24
Стр. 36 из 228


Jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish:
Oldingi
 tahrirga qarang.
a) umrbod yoki uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilgan shaxsga;
(73-modda to‘rtinchi qismining “a” bandi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 11-iyuldagi O‘RQ-
99-sonli
 Qonuni 
tahririda — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 6-son, 248-modda)
b) o‘ta xavfli retsidivistga;
v) uyushgan guruh yoki jinoiy uyushmaning tashkilotchi va qatnashuvchilariga;
Oldingi
 tahrirga qarang.
g) javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o‘ldirish, o‘n to‘rt yoshga
to‘lmaganligi aybdorga ayon bo‘lgan jabrlanuvchining nomusiga tegish yoki unga nisbatan
zo‘rlik ishlatib, jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirish, O‘zbekiston Respublikasiga,
tinchlik va insoniyat xavfsizligiga qarshi jinoyat sodir etish, yadroviy, kimyoviy, biologik va
boshqa xildagi ommaviy qirg‘in qurollarini, shunday qurollarni ishlab chiqarish uchun
foydalanish mumkinligi ayon bo‘lgan material va uskunalarni, kontrabanda qilish uchun hukm
qilingan shaxslarga nisbatan qo‘llanilmaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksi 112-moddasining 
uchinchi qismi 
va 
164-
moddasi
.
(73-moddaning to‘rtinchi qismi “g” bandi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 11-iyuldagi O‘RQ-
99-sonli 
Qonuni
 tahririda — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 6-son, 248-modda)
Jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilinib, jazoning o‘talmagan
qismi mobaynida qasddan yangi jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan sud ushbu Kodeksning
60-moddasida
nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq jazo tayinlaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni
ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning (ro‘yxat raqami: 2495, 29.07.2013-y.) 
472 — 480-
bandlari
.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil
22-dekabrdagi 16-sonli “Sudlar tomonidan amnistiya aktlarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”
gi qarori 15-bandining 
to‘rtinchi xatboshisi
.

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling