O‘zbekiston respublikasining jinoyat kodeksi umumiy qism birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Jinoyat kodeksining vazifalari va prinsiplari


-modda. Amnistiya akti yoki afv etish asosida jazodan ozod qilish


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/272
Sana18.06.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1567596
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   272
Bog'liq
Jinoyat

76-modda. Amnistiya akti yoki afv etish asosida jazodan ozod qilish
Hukm etilgan shaxs amnistiya akti yoki afv etish asosida asosiy va ijro etilmagan
qo‘shimcha jazolardan ozod qilinishi yoxud jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod
qilinishi yoki unga tayinlangan jazoning o‘talmay qolgan qismi yengilroq jazo bilan
almashtirilishi mumkin.
Agar amnistiya akti yoki afv etish asosida jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda
ozod qilish yoxud jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish qo‘llanilgan shaxs jazoning o‘talmay
qolgan qismi mobaynida qasddan yangi jinoyat sodir etsa, sud unga ushbu Kodeksning 
60-
moddasida 
nazarda tutilgan qoidalar bo‘yicha jazo tayinlaydi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Afv etish to‘g‘risidagi iltimosnoma umrbod ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilgan
shaxs tomonidan u tayinlangan jazoning yigirma besh yilini haqiqatda o‘tab bo‘lganidan
keyin, agar jazoni o‘tash davrida mahkum qat’iy tuzalish yo‘liga o‘tgan, belgilangan tartibni
buzganlik uchun intizomiy jazo olmagan, mehnat va o‘qishga nisbatan vijdonan
munosabatda bo‘layotgan, tarbiyaviy tadbirlar o‘tkazishda faol ishtirok etayotgan taqdirda esa,
tayinlangan jazoning yigirma yilini haqiqatda o‘tab bo‘lganidan keyin berilishi mumkin.
Afv etish to‘g‘risidagi iltimosnoma uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilishga hukm
etilgan shaxs tomonidan u tayinlangan jazo muddatining yigirma yilini haqiqatda o‘tab
bo‘lganidan keyin, agar jazoni o‘tash davrida mahkum qat’iy tuzalish yo‘liga o‘tgan,
belgilangan tartibni buzganlik uchun intizomiy jazo olmagan, mehnat va o‘qishga nisbatan
vijdonan munosabatda bo‘layotgan, tarbiyaviy tadbirlar o‘tkazishda faol ishtirok etayotgan
taqdirda esa, tayinlangan jazoning o‘n besh yilini haqiqatda o‘tab bo‘lganidan keyin berilishi
mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 
536 -moddasi
, O‘zbekiston
Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 
140

166-moddalari
, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2018-yil 8-maydagi PF-5439-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida afv etishni
amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi 
nizom
.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil
22-dekabrdagi 16-sonli “Sudlar tomonidan amnistiya aktlarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”
gi 
qarori
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil 14-noyabrdagi 15-sonli “Umrbod
ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 
9
va 
10-bandlari
.
(76-modda O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 11-iyuldagi O‘RQ-99-sonli 
Qonuni
asosida
uchinchi va to‘rtinchi qismlar bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 6-
1
08/02/23, 15:24
Стр. 39 из 228


son, 248-modda)

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling