O‘zbekiston respublikasining jinoyat kodeksi umumiy qism birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Jinoyat kodeksining vazifalari va prinsiplari


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/272
Sana18.06.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1567596
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   272
Bog'liq
Jinoyat

XIV bob. Sudlanganlik
77-modda. Sudlanganlikning huquqiy ahamiyati
Sudlanganlik shaxsning sodir etgan jinoyati uchun hukm etilganligidan kelib
chiqadigan huquqiy holatdir.
Jazo tayinlangan ayblov hukmi qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab shaxs
sudlangan deb hisoblanadi. Sud tomonidan jazodan ozod qilingan shaxs sudlanmagan deb
hisoblanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks Umumiy qismining 
XIII bobi 
(“Jazodan ozod qilishning turlari”),
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 528-moddasining 
birinchi 
va 
ikkinchi qismlari
.
Sudlanganlik ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda va shaxs yangi jinoyat sodir
etgandagina huquqiy ahamiyatga ega bo‘ladi.
Sudlanganlik muddatining o‘tib ketganligi yoki sudlanganlikning olib tashlanishi
munosabati bilan uning barcha huquqiy oqibatlari bekor bo‘ladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
78
 va 
79-moddalari
.
Jazoni o‘tagan, ammo qonunning o‘zgarishi bilan bunday qilmish jinoyat deb
hisoblanmaydigan taqdirda, shuningdek sodir qilingan jinoyat uchun tayinlangan jazoni o‘tab
bo‘linishi bilan sudlanganlik holatining tugallanishi belgilangan bo‘lsa, shaxs sudlanmagan
deb hisoblanadi.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 18-
sentabrdagi 13-sonli “Sudlanganlik holati tugallanishi va olib tashlanishiga oid qonunchilikni qo‘llash
bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi 
qarori
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 22-
dekabrdagi 16-sonli “Sudlar tomonidan amnistiya aktlarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi
qarorining 

va 
7-bandlari
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2014-yil 23-maydagi 07-sonli
“Sud hukmi to‘g‘risida”gi qarori 15-bandining 
ikkinchi — beshinchi xatboshilari
.

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling