O'zbekiston Respublikasining Konstitu masalalarityasida jamiyat davlat va huquq masalalari


O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi inson huquqlarini amalga oshirishning huquqiy asosi


Download 19.86 Kb.
bet2/2
Sana24.01.2023
Hajmi19.86 Kb.
#1117889
1   2
Bog'liq
O\'zbekiston Respublikasining Konstitu masalalarityasida jamiyat davlat va huquq masalalari

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi inson huquqlarini amalga oshirishning huquqiy asosi.
Konstitutsiyaviy davlat deganda davlat hokimiyati idoralari konstitutsiyada belgilangan tartib va prinsiplar asosida shakllantiriladigan va konstitutsiyaviy normalarga qat’iy rioya etgan holda o‘z faoliyatini amalga oshiradigan davlat apparati tushuniladi. Konstitutsiyaviy davlat — mamlakatning butun hududida va davlat faoliyatining barcha sohalarida konstitutsiyaning hamda u asosida qabul qilingan qonunlarning ustunligini ta’minlaydigan va kafolatlaydigan davlatdir.
Xalq suvereniteti oliy hokimiyat xalqqa tegishli ekanligini bildirsa, davlat suvereniteti mustaqil hokimiyat, ya’ni mamlakatning ichki va tashqi siyosatini xalq nomidan davlat amalga oshirishini anglatadi. Davlat hokimiyati xalq erki-irodasining mahsuli bo‘lib, bunday hokimiyatni amalga oshiruvchilar xalq tomonidan saylanadi.
Konstitutsiyaviy davlatda qonun ustunligi prinsipining mantiqiy davomi sifatida yana ikki prinsip: «qonun bilan taqiqlanmagan barcha narsaga ruxsat etiladi» (fuqarolar uchun) hamda «faqat qonunda mustahkamlangan narsagagina ruxsat etiladi» (davlat organlari va mansabdor shaxslar uchun) amal qiladi. Birinchi prinsip fuqarolarning harakatlanish erkinligi va imkoniyatlarini kengaytiradi.
Qonunda man etilmagan, taqiqlanmagan har qanday xatti-harakatlarni sodir etish mumkin bo‘ladi va buning uchun yuridik javobgarlik kelib chiqmaydi. Ikkinchi prinsipning ma’nosi shundaki, bunda davlat idoralari va mansabdor shaxslar o‘zlarining qonunda belgilangan vakolatlari doirasida, ularga aynan mos ravishda harakatlanishlari lozim bo‘ladi.
Konstitutsiyaviy davlatda hokimiyatning tashkil etilishi va faoliyat yuritishi konstitutsiyada mustahkamlab qo‘yiladi. Konstitutsiyada nazarda tutilmagan hokimiyat organlarini tashkil etish mumkin emas. Konstitutsiyaviy davlat, eng avvalo, davlatning huquq bilan uzviy bog‘liqligidir.
Konstitutsiya inson va fuqaroning shu hokimiyat tomonidan kafolatlangan huquqlarini mustahkamlaydi va ana shu huquqlarga mutanosib tarzda davlat hokimiyatini cheklaydi. Boshqacha aytganda, Konstitutsiya — davlat hokimiyatini tashkil etish va faoliyat yuritishining huquqiy rasmiylashtirilishi bo‘lib, bu hokimiyatning fuqarolik jamiyati boshqa subyektlari bilan munosabatini tartibga soladi.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy to’zumining asosiy prinsiplari deganda, jamiyatda o’rnatilgan ijtimoiy to’zum, davlatning tuzilishi, uni boshqarish shakli va tartibi, Konstitutsiya va qonunarning ustunligi, davlatning ichki va tashqi siyosati qanday asoslarda amalga oshirilayotganligi tushuniladi. Konstitutsiyaviy to’zumning asosiy prinsiplari Konstitutsiyaning I-bo’limida belgilangan. Konstitutsiyada jamiyatimizning asosiy prinsiplari sifatida davlat suvereniteti, xalq hokimiyatchiligi, Konstitutsiya va qonunarning ustunligi, respublika tashqi siyosatining asosiy prinsiplari ko’rsatib o’tilgan. Konstitutsiyaviy to’zumning asosiy prinsiplari O’zbekiston Respublikasi qanday davlat ekanligi, uning mohiyati, uning butun ichki va tashqi vazifalarini mustaqil ravishda belgilash, davlat ichida yagona ustun hokimiyat ekanligi, boshqa hech qanday hokimiyatni tan olmasligi, tashqi davlatlar bilan umumbashariy qadriyatlar, xalqaro shartnomalar asosida mustaqil ish olib borishga qodir ekanligini ko’rsatadi.
Davlat suvereniteti davlatning mustaqilligini bildiruvchi termin bo’lib, davlatning muhim belgisi xususiyati hisoblanadi.
«Suverenitet» termini XVI asrda Fransiyada vujudga kelgan va oliy hokimiyat egasi degan ma`noni bildiradi. Suverenitet davlatning umumiy va ajralmas belgisi bo’lib, uning to’la huquqliligini hamda ichki va tashqi ishlarda boshqa davlatlarga qaram emasligini anglatadi.
Suveren davlat o’z ichki va tashqi vazifalarini boshqa davlatlarning huquqlarini, shu bilan birga, xalqaro huquq normalarini bo’zmagan holda, o’zi xohlagan tarzda hal qiladi. Suverenitet davlat bilan bir vaqtda vujudga keladi.
Davlat suvereniteti millat, xalq suverenitetidan boshlanadi va uning o’rniga keladi.
Xalq suvereniteti haqidagi ilmiy ta`limot dastlab burjua mafkurachilarining feodalizmga qarshi kurash yo’lida ishlab chiqilgan edi.
Feodallar sinfi bilan kurash uchun burjuaziya sinfiga tayanch kuch kerak edi va bunday kuch xalq ommasi ekanligini ular yaxshi bilar edi. Shuning uchun burjuaziya o’z manfaatlarini butun xalq manfaati deb e`lon qildi va butun xalqni feodalizmga qarshi kurash uchun inqilobga chaqirdi.
«Xalq suvereniteti» nazariyasi franso’z olimi Jan Jak Russo tufayli burjua inqilobi arafasida o’zining klassik qiyofasini topdi. Uning fikricha, xalq suveren hokimiyatning asoschisi hisoblanadi.
Konstitutsiyaviy huquq fanida xalq suvereniteti deganda, odatda, xalq to’la hokimiyatning egasi ekanligi, uning o’z hokimiyatini boshqa ijtimoiy kuchlardan mustaqil ravishda, hech kimga bo’ysunmasdan amalga oshirishi tushuniladi.
Xalq suvereniteti davlat va milliy suverenitetlarda namoyon bo’ladi. O’zbekistonda suverenitetning manbai va yagona egasi bo’lgan xalq uni, eng avvalo, davlat hokimiyati orqali davlat suvereniteti sifatida amalga oshiradi. Davlat hokimiyati faoliyatiga aylangan va uning organlari orqali amalga oshiriladigan xalq suvereniteti shaklini oladi. O’z ijtimoiy mohiyatiga ko’ra, O’zbekistonda xalq suvereniteti yagona, bo’linmaydigan tushunchalardir. Ular bir-biridan ajralgan suverenitet bo’lib, xalq va uning davlati tomonidan to’g’ridan- to’g’ri amalga oshiriladi.
Davlat suverenitetining amal qilishi davlat hokimiyati faoliyatining uchta tarmogini-qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatini, uning organlarini, ichki va tashqi funksiyalarini amalga oshirishdagi faoliyatdir. Davlat hokimiyati asosiy funksiyalarining amalga oshirilishi natijasidagina davlat suvereniteti hayotga tatbiq etiladi. Bizning davlatda xalq suvereniteti ifoda etilishining boshqa shakli milliy suverenitet hisoblanadi.
Milliy suverenitet deganda, millatning siyosiy va huquqiy holati tushuniladi. Milliy suverenitet millatning ajralmas xususiyati bo’lib, uning mustaqil yashash xususiyatini bildiradi. O’z irodasi bilan o’zining milliy davlatini tashkil etgan xalq davlat suverenitetiga ega bo’ladi.
Davlat suverenitetini amalga oshirish va uni himoya qilish shakllaridan biri respublikaning qonun chiqaruvchi organi - Oliy Majlisning Konstitutsiya va qonunar chiqarish, boshqa davlat organlarining huquqiy normalar yaratish sohasidagi faoliyatidir. Davlat suverenitetini amalga oshirish respublikani harbiy mudofaa qilish yo’li bilan –Respublika Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi va boshqa davlat ijroiya hokimiyat organlari tomonidan respublika iqtisodini tashkil qilish va uni boshqarish orqali amalga oshiriladi.
Davlat suvereniteti uni tashkil etuvchi hokimiyat organlari, yangi qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, sud hokimiyati organlarining vakolatlari va uni bajarish sohasidagi faoliyati orqali amalga oshiriladi.
Suveren davlat sifatida O’zbekiston Respublikasining davlat-huquqiy belgilari quyidagilardan iborat:
1. O’zbekiston Respublikasi o’z Konstitutsiyasini mustaqil ravishda qabul qiladi. Bu Konstitutsiya Respublikadagi ijtimoiy-siyosiy to’zumni, o’z fuqarolari huquqlari, erkinliklari, burchlari, ma`muriy-hududiy va davlat tuzilishini, davlat organlari tizimini va prinsiplarini belgilaydi.
2.Suveren davlat sifatida O’zbekiston o’z hududida davlat hokimiyatini mustaqil amalga oshiradi. Konstitutsiyaning 3-moddasiga binoan, Respublikaning davlat hududi va chegarasi daxlsiz va bo’linmasdir, u davlat himoyasidadir. Bu sohadagi o’zgarishlar xalq referendumidan keyin qonuniy asosda kiritilishi mumkin.
3.O’zbekiston Respublikasi o’z yeridan, yer osti boyliklaridan ,suv, o’simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zahiralaridan foydalanishni o’zi mustaqil belgilaydi va ularni muhofaza qiladi.
4.O’zbekiston Respublikasining suveren davlat huquqiy belgilaridan yana biri o’z davlat fuqaroligining mavjudligidir.
5. O’zbekiston Respublikasi suveren davlat sifatida o’zining qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud organlari tizimini mustaqil ravishda belgilaydi.
6.O’zbekiston Respublikasining suveren davlat sifatidagi belgilaridan yana biri davlat tili to’g’risidagi moddaning Konstitutsiyada belgilanganligidir. 1989 yil 21 oktyabrda o’zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi mustaqillik sari qo’yilgan eng muhim qadamlardan biri edi.
7.O’zbekiston Respublikasining o’z milliy armiyasi va davlat byudjetiga, o’z pul birligiga egaligi hamda emissiya hajmini mustaqil belgilashi ham uning suvereniteti belgilaridan bo’lib hisoblanadi.
8. O’zbekiston Respublikasining davlat ramzlari ham mavjud. Ular Konstitutsiyaning 5-moddasida belgilab qo’yilgan bo’lib, ularga O’zbekiston Respublikasi qonunari bilan tasdiqlangan davlat bayrog’i, gerbi va madhiyasi kiradi.
«Demokratiya» lotincha so’z bo’lib, «Xalq hokimiyati» degan ma`noni bildiradi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 7-moddasida «Xalq - davlat hokimiyatining birdan-bir manbaidir» deyilgan. Boshqacha aytganda, O’zbekistonda hokimiyat xalqniki ekanligi Asosiy qonunimizda belgilab qo’yilgan. Xalq o’z qo’lidagi hokimiyatni ikki usul bilan : bevosita va vakillik demokratiyasi orqali amalga oshiradi. Vakillik demorkatiyasi deganda o’z qo’lidagi hokimiyatni o’zi saylab qo’ygan deputatlari va Prezidenti tomonidan amalga oshirishi tushuniladi. Bevosita demokratiya deyilganda xalq o’z hokimiyatini hech qanday vakillarsiz bevosita o’zi amalga oshirishi tushuniladi. Bunga fuqarolarning saylovlarda va qonun loyixhlarining muhokamalarida ishtirok etishi, referendum va hokazolarni misol qilib ko’rsatish mumkin.
Xalq tomonidan saylab qo’yiladigan davlat organlari bevosita xalq oldida javobgardirlar va uning irodasini ifodalaydilar. Shuning uchun ham saylab qo’yiladigan davlat organlari tomonidan qabul qilingan huquqiy hujjatlar, qonunar va boshqa huquqiy aktlarning bajarilishi hamma uchun majburiydir.
Bevosita demokratiyaning asosiy ko’rinishlaridan biri-referendum O’zbekiston Konstitutsiyasida alohida ravishda belgilangan. Konstitutsiyaning 9-moddasiga ko’ra, jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalari xalq muhokamasiga taqdim etiladi, umumiy ovozga (referendumga) qo’yiladi. Referendum o’tkazish tartibi qonun bilan belgilanadi.
Referendum lotincha so’z bo’lib, lug’aviy ma`nosi «ma`lum qilinishi lozim bo’lgan narsa» deganidir, ya`ni davlatda hal qilinishi lozim bo’lgan muhim masalalar xalqqa ma`lum qilinadi va uning ovoz berishi orqali hal etiladi.
Referendumda qabul qilingan qarorlar O’zbekiston Respublikasi hududida oliy yuridik kuchga ega bo’ladi va faqat referendum o’tkazish yo’li bilan bekor qilinishi yoki o’zgartirilishi mumkin.
O’zbekiston Respublikasi deputatlarining o’z saylovchilari oldida hisobot berishlari va uchrashuvlarini ham xalq hokimiyatchiligini bevosita amalga oshirish shakli sifatida ko’rsatish mumkin.
Xalq hokimiyatini amalga oshirishning yana bir ko’rinishi xalqning muayyan jamoat birlashmalari, xususan, kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar, ommaviy harakatlar va boshqa tashkilotlar orqali davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda qatnashishidir.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 10-moddasiga asosan, O’zbekiston xalqi nomidan faqat u saylagan Oliy Majlis va Prezidenti ish olib borish huquqiga ega.
Konstitutsiyaning 11-moddasida: «O’zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi-hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo’linish prinsipiga asoslanadi», - deyiladi. Konstitutsiyada o’zining huquqiy asosini topgan hokimiyatni taqsimlash tamoyilining barcha qoida va talablariga binoan bunday davlat hokimiyatida vakolatlar turli davlat organlariga, chunonchi, qonunchilik vakolatlari Oliy Majlisga, ijro vakolatlari Prezident hamda Vazirlar Mahkamasiga, sudlov vakolatlari esa sud organlariga taqsimlab berilgan. O’zbekiston Respublikasi Parlamenti bo’lgan Oliy Majlis qonunchilik sohasida barcha vakolatlarga ega.
Hokimiyatlar taqsimlanishi prinsipiga asosan parlament faqatgina qonunchilik vakolatlarini amalga oshirish bilan chegaralanmasdan, ba`zi nazorat vazifalarini ham bajarishi zarur. Konstitutsiyamiz XX bobining 89-moddasida Respublika Prezitdenti O’zbekiston Respublikasida davlat va ijro etuvchi hokimiyat boshlig’i ekani mustahkamlangan.
Download 19.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling