O‘zbekiston respublikasining konstitutsiyasi


IX bob. Iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar


Download 55.47 Kb.
bet10/44
Sana05.01.2022
Hajmi55.47 Kb.
#216853
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   44
Bog'liq
Konstitutsiya

IX bob. Iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar

36-modda.

Har bir shaxs mulkdor bo‘lishga haqli.

Bankka qo‘yilgan omonatlar sir tutilishi va meros huquqi qonun bilan kafolatlanadi.

LexUZ sharhi

Batafsil ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasining «Bank siri to‘g‘risida»gi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining V bo‘limiga qarang.

37-modda.

Har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko‘rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir.

Sud hukmi bilan tayinlangan jazoni o‘tash tartibidan yoki qonunda ko‘rsatilgan boshqa hollardan tashqari majburiy mehnat taqiqlanadi.

LexUZ sharhi

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 46, 83 va 88-moddalariga qarang.

38-modda.

Yollanib ishlayotgan barcha fuqarolar dam olish huquqiga egadirlar. Ish vaqti va haq to‘lanadigan mehnat ta’tilining muddati qonun bilan belgilanadi.



LexUZ sharhi

Qo‘shimcha ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining VII («Ish vaqti») va VIII («Dam olish vaqti») boblariga qarang.

39-modda.

Har kim qariganda, mehnat layoqatini yo‘qotganda, shuningdek boquvchisidan mahrum bo‘lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta’minot olish huquqiga ega.



LexUZ sharhi

O‘zbekiston Respublikasining «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi Qonuniga qarang.

Pensiyalar, nafaqalar, ijtimoiy yordam boshqa turlarining miqdori rasman belgilab qo‘yilgan tirikchilik uchun zarur eng kam miqdordan oz bo‘lishi mumkin emas.




Download 55.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling