bob. Moliya va kredit
122-modda.
O‘zbekiston Respublikasi o‘z moliya va pul-kredit tizimiga ega.
O‘zbekistonning Davlat budjeti Respublika budjetidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetidan va mahalliy budjetlardan iborat.
123-modda.
O‘zbekiston Respublikasi hududida yagona soliq tizimi amal qiladi. Soliqlar joriy qilishga faqat O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi haqli.
124-modda.
O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini respublika Markaziy banki boshqaradi.
bob. Mudofaa va xavfsizlik
125-modda.
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari O‘zbekiston Respublikasining davlat suverenitetini va hududiy yaxlitligini, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qilish uchun tuziladi.
Qurolli Kuchlarning tuzilishi va ularni tashkil etish qonun bilan belgilanadi.
LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasining «Mudofaa to‘g‘risida»gi Qonuniga qarang.
126-modda.
O‘zbekiston Respublikasi o‘z xavfsizligini ta’minlash uchun yetarli darajada qurolli
kuchlariga ega.
OLTINCHI BO‘LIM. KONSTITUSIYAGA O‘ZGARTIRISH KIRITISH TARTIBI
Oldingi tahrirga qarang.
127-modda.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat ko‘pchiligi tomonidan qabul qilingan qonun yoki O‘zbekiston Respublikasining referendumi bilan kiritiladi.
(127-modda O‘zbekiston Respublikasining 2003 yil 24 apreldagi 470-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003 y., 3-4-son, 27-modda)
128-modda.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tegishli taklif kiritilgandan keyin olti oy mobaynida Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar hamda tuzatishlar kiritish to‘g‘risida keng va har taraflama muhokamani hisobga olgan holda qonun qabul qilishi mumkin. Agar Oliy Majlis Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi taklifni rad etsa, taklif bir yil o‘tgandan keyingina qayta kiritilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |