O‘zbekiston respublikasining konstitutsiyasi


Download 55.47 Kb.
bet36/44
Sana05.01.2022
Hajmi55.47 Kb.
#216853
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   44
Bog'liq
Konstitutsiya

103-modda.

Viloyat, tuman va shahar hokimlari o‘z vakolatlarini yakkaboshchilik asoslarida amalga oshiradilar va o‘zlari rahbarlik qilayotgan organlarning qarorlari va faoliyati uchun shaxsan javobgardirlar.



Oldingi tahrirga qarang.

Viloyat, tuman va shahar hokimi tegishli xalq deputatlari Kengashiga viloyat, tuman, shahar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining eng muhim va dolzarb masalalari yuzasidan hisobotlar taqdim etadi, ular bo‘yicha xalq deputatlari Kengashi tomonidan tegishli qarorlar qabul qilinadi.



(103-modda O‘zbekiston Respublikasining 2014 yil 16 apreldagi O‘RQ-366-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2014 y., 16-son, 176-modda)

Hokimlarning va xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining faoliyatini tashkil qilish, ularning vakolat doirasini va xalq deputatlari mahalliy Kengashlarini saylash tartibi qonun bilan belgilanadi.



LexUZ sharhi

Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun O‘zbekiston Respublikasining «Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida»gi va «Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlariga saylov to‘g‘risida»gi qonunlariga qarang. 104-modda.

Hokim o‘ziga berilgan vakolatlar doirasida tegishli hududdagi barcha korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar, shuningdek mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan qarorlar qabul qiladi.




Download 55.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling