XIX bob. O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Oldingi tahrirga qarang.
89-modda.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti davlat boshlig‘idir va davlat hokimiyati organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishini hamda hamkorligini ta’minlaydi.
(89-modda O‘zbekiston Respublikasining 2007 yil 11 apreldagi O‘RQ-89-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007 y., 15-son, 152-modda) Oldingi tahrirga qarang.
90-modda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga o‘ttiz besh yoshdan kichik bo‘lmagan, davlat tilini yaxshi biladigan, bevosita saylovgacha kamida 10 yil O‘zbekiston hududida muqim yashayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi saylanishi mumkin. Ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti bo‘lishi mumkin emas. Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari tomonidan umumiy, teng va to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan besh yil muddatga saylanadi. Prezidentni saylash tartibi O‘zbekiston Respublikasining qonuni bilan belgilanadi.
(90-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2011 yil 12 dekabrdagi O‘RQ-305sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis palatalarining Axborotnomasi, 2011 y., 12/1-son, 343-modda)
Do'stlaringiz bilan baham: |