Oldingi
tahrirga qarang.
185 -modda. Pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi
Pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish,
jo‘natish,
ulardan foydalanish, xuddi shuningdek ularni qonunga xilof ravishda O‘zbekiston
Respublikasiga olib kirish (O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqish) yoki o‘tkazish —
Oldingi
tahrirga qarang.
huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, bazaviy hisoblash
miqdorining besh baravaridan
yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(185 -moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksining
250 -moddasi
, Vazirlar Mahkamasining
2009-yil 10-dekabrdagi 309-son “O‘zbekiston Respublikasi hududida pirotexnika vositalari aylanishini tartibga
solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
qarori
.
Oldingi
tahrirga qarang.
185 -modda. Sovuq qurolni yoki sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan
ashyolarni olib yurish
Sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ashyolarni ulardan kasbiy faoliyatda, sport
faoliyatida yoki xo‘jalik-maishiy maqsadlarda foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan hollarda,
jamoat
joylarida ochiq (g‘ilofsiz) holda olib yurish, —
bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan bir baravarigacha miqdorda jarima
solishga sabab bo‘ladi.
Sovuq qurolni va sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan
ashyolarni ulardan ov
qilishda, kasbiy faoliyatda, sport faoliyatida yoki xo‘jalik-maishiy maqsadlarda
foydalanish bilan
bog‘liq bo‘lmagan hollarda, jamoat joylarida olib yurish, xuddi shuningdek o‘zini o‘zi himoya qilish
maqsadida olib yurish, —
huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib yoki musodara qilmay,
bazaviy hisoblash
miqdorining bir baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: