O‘zbekiston respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘G‘risidagi kodeksi birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Asosiy qoidalar


 -modda. Jamoat joylarida shaxsini identifikatsiya qilish imkonini bermaydigan


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet165/359
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1831375
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   359
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi

184 -modda. Jamoat joylarida shaxsini identifikatsiya qilish imkonini bermaydigan
ko‘rinishda bo‘lish
Jamoat joylarida shaxsini identifikatsiya qilish imkonini bermaydigan darajada yuzini to‘sgan
holda bo‘lish, bundan tibbiy ko‘rsatmaga asosan yoki yo‘l-transport harakatida xavfsizlikni
ta’minlash uchun kiyiladigan maxsus bosh kiyimda yoxud mehnat va xizmat faoliyati bilan bog‘liq
hollarda yuzini to‘sgan holda bo‘lish yoki sport va madaniy tadbirlarni o‘tkazish vaqtida ushbu
tadbirlar ishtirokchilarining yuzini to‘sgan holda bo‘lishi, shuningdek qonunchilikda to‘g‘ridan-
to‘g‘ri ruxsat etilgan boshqa holatlarda yuzini to‘sgan holda bo‘lish mustasno, —
bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima
solishga sabab bo‘ladi.
(184 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2023 yil 31 oktyabrdagi O‘RQ-874-sonli 
Qonuniga 
asosan
kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.11.2023-y., 03/23/874/0818-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
185-modda. Quroldan belgilangan tartibni buzgan holda foydalanish
Pnevmatik, uloqtirish, signal beruvchi quroldan belgilangan tartibni buzgan holda otish,
shuningdek tig‘li sovuq quroldan (ov pichoqlari, ov xanjarchalari va xanjarlardan, rapiralar,
shpagalar va qilichlardan) belgilangan tartibni buzgan holda foydalanish —
qurolni va o‘q-dorilarni musodara qilib yoki musodara qilmay, bazaviy hisoblash miqdorining
besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
O‘qotar quroldan belgilangan tartibni buzgan holda otish —
qurolni va o‘q-dorilarni musodara qilib yoki musodara qilmay, bazaviy hisoblash miqdorining
o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
(185-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 31-maydagi O‘RQ-772-sonli 
Qonuni 
tahririda —
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2022-y., 03/22/772/0460-son — 2022-yil 2-dekabrdan kuchga
kiradi)
2
3

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   359




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling