O‘zbekiston respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘G‘risidagi kodeksi birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Asosiy qoidalar


 -modda. Davlat organining, davlat ishtirokidagi tashkilotning yoki fuqarolar o‘zini o‘zi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet176/359
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1831375
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   359
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi

193 -modda. Davlat organining, davlat ishtirokidagi tashkilotning yoki fuqarolar o‘zini o‘zi
boshqarish organining xizmatchisini pora evaziga og‘dirib olish
Davlat organining, davlat ishtirokidagi tashkilotning yoki fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish
organining xizmatchisiga mazkur xizmatchining o‘z xizmat mavqeyidan foydalangan holda sodir
etishi lozim yoki mumkin bo‘lgan muayyan harakatni uni pora evaziga o‘ziga og‘dirib olayotgan
shaxs manfaatlarini ko‘zlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga qonunga xilof ekanligini bila turib,
moddiy qimmatliklar berish yoki uni mulkiy manfaatdor etish, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(193 -moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Davlat ishtirokidagi tashkilot deganda:
ustav fondida davlat ulushi mavjud bo‘lgan tijorat tashkiloti;
to‘liq yoki qisman davlat organi yoki davlat tashkiloti tomonidan tashkil etilgan yoki ta’sis
etilgan notijorat tashkiloti tushuniladi.
Davlat organining, davlat ishtirokidagi tashkilotning yoki fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish
organining xizmatchisi deganda mehnat shartnomasi yoki fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida
mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi, mansabdor shaxs alomatlariga ega bo‘lmagan shaxs
tushuniladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 
213-moddasi
.
193 -modda. Davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi
boshqarish organi xizmatchisining qonunga xilof ravishda moddiy qimmatliklar olishi yoki
mulkiy manfaatdor bo‘lishi
Davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi
xizmatchisining o‘z xizmat mavqeyidan foydalangan holda bajarishi lozim yoki mumkin bo‘lgan
muayyan harakatni uni pora evaziga o‘ziga og‘dirib olayotgan shaxs manfaatlarini ko‘zlab bajarishi
yoki bajarmasligi evaziga qonunga xilof ekanligini bila turib, moddiy qimmatliklar olishi yoki mulkiy
manfaatdor bo‘lishi, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(193 -moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Davlat ishtirokidagi tashkilot deganda:
ustav fondida davlat ulushi mavjud bo‘lgan tijorat tashkiloti;
to‘liq yoki qisman davlat organi yoki davlat tashkiloti tomonidan tashkil etilgan yoki ta’sis
etilgan notijorat tashkiloti tushuniladi.
Davlat organining, davlat ishtirokidagi tashkilotning, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish
organining xizmatchisi deganda mehnat shartnomasi yoki fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida
mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi, mansabdor shaxs alomatlariga ega bo‘lmagan shaxs
tushuniladi.
(193 va 193 -moddalar O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi O‘RQ-391-sonli 
Qonuniga
asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 
214-moddasi
.
Oldingi
 tahrirga qarang.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   359




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling