O‘zbekiston respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘G‘risidagi kodeksi birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Asosiy qoidalar


 -modda. To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazish tartibiga doir


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet175/359
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1831375
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   359
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi

192 -modda. To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazish tartibiga doir
talablarga rioya etmaslik
To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazuvchi shaxs tomonidan mazkur
tadbirlarni o‘tkazish tartibiga doir talablarga rioya etmaslik, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravari miqdorida jarima solishga sabab
bo‘ladi.
To‘yxonalar, kafe va restoranlarning mansabdor shaxsi tomonidan to‘ylar, oilaviy tantanalar,
ma’raka va marosimlarni o‘tkazish tartibiga doir talablarga rioya etmaslik, —
bazaviy hisoblash miqdorining o‘ttiz baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ushbu moddaning 
ikkinchi qismida
nazarda tutilgan huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi
qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
(192 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 17-martdagi O‘RQ-612-sonli 
Qonuniga 
asosan
kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.03.2020-y., 03/20/612/0326-son — 2020-yil 19-
iyundan kuchga kiradi)
XVI bob. BOShQARUVNING BELGILANGAN TARTIBIGA TAJOVUZ QILUVChI
HUQUQBUZARLIKLAR UChUN MA’MURIY JAVOBGARLIK
Oldingi
 tahrirga qarang.
193-modda. Deputatlik va senatorlik faoliyatining kafolatlarini buzish
(193-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 3-yanvardagi O‘RQ-456-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.01.2018-y., 03/18/456/0512-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Davlat organlarining, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, mulkchilik shaklidan qat’i
nazar korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning mansabdor shaxslari tomonidan deputatlar
hamda senatorlar oldidagi o‘z vazifalarini bajarmaslik, ularning ishiga to‘sqinlik qilish, ularga ataylab
soxta ma’lumot berish, deputatlik va senatorlik faoliyatining kafolatlarini buzish, xuddi shuningdek
mansabdor shaxslar tomonidan parlament so‘rovini, deputat, senator so‘rovini ko‘rib chiqmasdan
qoldirish yoki ularni ko‘rib chiqish muddatlarini uzrli sabablarsiz buzish yoxud ular yuzasidan bila
turib noto‘g‘ri ma’lumotlarni qasddan taqdim etish, —
(193-moddaning dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 3-yanvardagi O‘RQ-456-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.01.2018-y., 03/18/456/0512-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan yetti baravarigacha
miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(193-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi
Qonunning 
8-moddasi
, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati
a’zosining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning 
10-moddasi
.
Oldingi
 tahrirga qarang.
1
1



Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   359




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling